воскресенье, 13 марта 2011 г.

Qo'l soati - Наручные часы


Bu tort sovg'a sifatida tayyorlandi. Sovg'a qutisida qo'l soati.
Agar siz ham shu g'oya asosida tort qilish niyatida bo'lsangiz kamida 3 kun oldndan harakatni boshlashingizni maslahat berardim. Biroz fantaziya va mastika bilan ishlash qobiliyati bo'lsa bo'ldi. Mastika bilan ishlashni, bolaligimizda plastilinlardan nimalar yasardik, qanday qilib yasardik, shularni esga tushurish uchun, bolalarimiz bilan plastilinlardan u bu narsa yasab, "trenirovka" qilishimiz mumkin :)
Oldindan iste'mol bo'yoqlari va mo'yqalamlarni tayyorlab qo'yamiz. 

Hohlasangiz siz mastikaga rang qo'shib rang chiqarishiz mumkin, 
man oldindan soat va kamarini, quti chetlarini yasab, 1 kun honada quritib bo'yab oldim. Buning uchun 1-2 osh qoshiq suvga hohlagan rangni chiqarish uchun bo`yoq qo`shib, mo`yqalam yordamida bo`yab, quritib olamiz.

Tort taqdim qilinadigan kundan 1 kun oldin to'g'ri burchakli qolibda Nafis shokoladli tort pishirib,
(siz  hohlagan tortingizni asos qilib olishingiz mumkin) kvadrat shaklida kesib, kakao qo'shilgan qaymoqli krem bn kremlab, yonidan kesib olingan to'g'ri burchakni kvadrat ustiga qo'yib, ustiga oddiy qaymoqli krem suramiz (chunki, ustiga oq mastika yopilganda, mastika tagidan boshqa rang hunuk ko'rinadi).

 Holodilnikka qo'yib, ustidagi krem qotgach, quti chetlari uchun oldindan  kesib, quritib, bo'yab yana quritib qo'ygan to'g'ri burchaklarni, tortimiz yonlariga yopishtirib, yaxshiroq qotib yopishishi uchun holodil'nikka qo'yamiz. Shungacha rang qo'shilmagan mastikani krahmal yordamida yupqa yoyib olamiz va tort ustiga tekislamasdan yopamiz. 
Uni ustiga tayyor soatni qo'yib qo'yamiz.
Agar g'oya asqotib, yaxshi kunlaringizda dasturhoningiz bezagi bo'lishiga umid qilib
Bekajon:)


O'xshash mavzular:

   

4 комментария:

  1. Makusha, zhdu perozhenoe"ezhik"...

    ОтветитьУдалить
  2. bu ranglarni nima deb izlash kk,qanaqa bo'ladi? ukda?teshekkur.

    ОтветитьУдалить
  3. Hadija
    man ishlatgan ranglarim:

    1. Wilton Black Icing Color 610-981
    2. Wilton Brown Icing Color 610-507
    3. Super Gold 43-1233 Luster Dust 2g

    ОтветитьУдалить
  4. kattakon raxmat. topsam yaxshi ish bo'lardida.
    yana savolim bor edi: ana u soat shaklini ,kamarini qanaqa qilib yasagansiz? keyin mastikali tortlarni ustidagi bezakli shakllarnichi? agar mastika bn ishlashni o'rgatadigan biror bir sayt linkini bilsayiz va marhamat etsayiz juda bir hursand qilgan bo;lur ediz! :))

    ОтветитьУдалить