среда, 16 сентября 2009 г.

Muzqaymoq Tort

Kerakli masalliqlar:  
 Biskvit uchun:
  • 7 tuhum
  • 7 osh qoshiq shakar
  • 7 osh qoshiq un
Krem:
  • 600 ml. qaymoq
  • 1 1/3 stakan shakar yoki 1 quti quyiltirilgan sut(sgushennoe moloko)
 
1. Tuhum sovuqligida oqi bn sarig'ini ajratib olamiz

2. Tuhum oqini mikser bilan yuqori tezlikda ko'pirtiramiz
  
  3. Xatto idishni teskari a'g'dargandayam ko`pirgan tuhum oqi, siljamasligi kerak. 
  4. Ko'pitgan tuhum oqiga, 1 osh qoshiqdan (mikser bilan chayayotgan holda) shakarni qo'shib boramiz.
 
 
5. Toki shakar yaxshi erib, massada mikser izlari qolguncha.

6. Massaga, agratib qo'ygan tuhum sarig'ini qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.
 
7. Navbat unga. Unni ham, bir qoshiqdan solib, asta asta aralashtiramiz.

8. Tort qolipiga solib, 180 C (350F) qizgan duhovkada 35-40 minut davomida, yoki o'rtasiga gugurt cho'p, yoki pichoq tiqib ko'rilganda quruq chiqqunicha.
 
9. Tort pishguncha krem tayyorlaymiz. Qaymoqli krem yaxshi chiqishi uchun, krem tayyorlaydigan idish va mikser venchiklarini muzlatgichda 30 minutcha muzlating.
 
 10. Qaymoqqa shakarni solib, oldin past tezlikda, keyin yuqori tezlikda mekser yordamida chayamiz.
 
11. Krem tayyor! Extiyot bo`ling! Mana shunday holatga kelguncha aralashtiramiz. Bundan o'tsa, qaymoqning suvi bo'lak, yog'i bo'lak ajrab chiqadi. Agar shakar o`rniga quyiltirilgan sut(sgushennoe moloko) ishlatmoqchi bo'sangiz, oldin qaymoqni shu xolatgacha chayib, keyin molokoni qo`shib yana 15-30 sekundcha chayasiz

12. Tort sovigach, qancha ko'tarilgan bo`lsa shuncha o'tiradi. Hayron bo'lmang.

 13. Tortni bir chetiga tayyor kremdan bunaqa qilib chiziq tortamiz 
(bo'laklarga bo'lganimizdan keyin yana o'z joyiga qo'yish uchun)

14. Tortimizni kamida 5 bo'lakka bo'lamiz. Har bo'lakiga krem suramiz.
PROPITKA qilish KERAK emas.

15. Ust va yoniniyam yaxshilab krem bilan qoplab, holodil'nikda 30 minutcha qo`yamiz. 
keyin hohlagancha bezatamiz yoki maza qilib choy ichamiz :)

Man tortni Molochnya mastika yordamida spiderman ko`rinishida bezatdim.

 Kesilganda ko`rinishi. Ochiq ishtaha.
                       

21 комментарий:

  1. Maksuda nachundir manda ishundin biskvit atsam hamiri yeganda rezinkada yeyiladi,sizda shundin bumimi?novidan akan shu?Uyyonda atganda vundin bumas adi lekin. Okshomam boreka komment yozvadimchiqmabmi;)(Dildora)

    ОтветитьУдалить
  2. Dildora, kommentlariz chiqibdi:)) Biskvit yenam pishirib go`rdizmi? boshqa undan? Farq undamasmikan?

    ОтветитьУдалить
  3. salam, maksude hanm, molochnya mastikada otken "suhoe moloko" neme degeni? men turkiyede yashayepmen. bizi tilimiz cindey bashkeche :))
    zehmetlerizden teşekkür..

    ОтветитьУдалить
  4. ÜmmüAbdullah
    Manimcha turkce "süt tozu"mi yada ingliz tilida "dry whole milk" bebekler icin "Nestle Nan"da olur:))

    ОтветитьУдалить
  5. rahmat shunday mazali pishiriq va taomlar uchun

    ОтветитьУдалить
  6. Assalom Alaykum,
    recept uchun rahmat, bir savolim bor edi.Shu bisvikt uchun ishlatgan qolipizni diametri nechi edi? 23cm li qolipni ishlatsa bo'ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat :)

    ОтветитьУдалить
  7. Walaykum assalom,
    Sal kech javob yozayotgan bo`lsam uzr, shu biskvit uchun aynan 23 cm lik qolib ishlatganman:)

    ОтветитьУдалить
  8. Biskvitni ichiga soda kushmisizmi? Soda kushmasayam shundo baland kutariladimi?Kullariz dard kurmasin pishiriklariz nyam-nyam bupti.

    ОтветитьУдалить
  9. Raxmat
    Biskvitga soda ko`shilmaydi, tuhumni yaxshi ko`pirishi yetarli.

    ОтветитьУдалить
  10. Assalomu alaykum Makusha> Baraka toping! Saytingizda bir-biridan ma'zali taom va shirinliklar o'rin olgan ekan.Albatta tayyorlab ko'rishga harakat qilamiz, rahmat sizlarga. Salomat bo'ling.

    ОтветитьУдалить
  11. Walaykum assalom Ummu madina
    Blog sizga yoqqanidan hursandman! Yaxshi kunlarizda asqotsin ilohim.

    ОтветитьУдалить
  12. salom rahmat resept uchun inshallah taerlab kuraman mmm mazzaliga uhshaydi sizni qaysi reseptizni qisam hammasi uhshagan

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Muni
      Walaykum salam.
      Tayyorlab ko`rsangiz taassurotlar bn ulashsangiz hursand bo`lardim :)

      Удалить
  13. Assalamu alaykum retseptiz jaa profissionallarnikimi nimaku meniki öxshamadi:(((
    birinchi savol duxobkani past balandi yoqiladimi yoki faqat pastimi balki sizga kulgili tuyular hech qachon tort pishirmagandim shunga öxshatolmadim:((( 2. qolibmi moylash kk edimi yozmagansizku shunga men bilmabman mayli buzilib qoladi deb öylabman yopishib qoldi olishga qiynaldim:( ham pastini ham balandini yoqqandim zör bola boshladiyu lekin usti qattiq qizarishni boshlaganiga voy hozir kuyadi deb öylab faqat pastini yoqibman usti o'tirib xunuk bolib qoldi ha aytgancha tuxumni oqini necha minut köpirtirishni aytmabsiz mendaka 1 sinflar uu bu kk edi... 25 minut mikserda qilsam ham togrisi mixerim 5 pogonalik ekan 2 ga qöydim oxirgi 10 minutida 3 ga qöydim baribir ham teskariga agdarganda tokilmasligi kk dedisku shunaqa bo'lmadi (aybim singlim tort pishiradi shundan retsept sörasam mana bu mana bu kk debdiyu qanday qilishni yozmabdi shunga saytizda qanday qilishlar rasmlar bn körsatilgan uchun sizdan örganmoqchi bo'ldim lekin singlimni tuxumni oqiga 1 piyola suv solish kk degandi shunga biskvit tomogda qator boladigan tez medaga tegmaydigan boladi deb yozgandi shu ishni qildim tuxum oqiga yarim piyolacha suv aralashtirdim xatoyim shunda shekilli qaniki bu tuxumni oqi tushmaydigan bolsa yaxshi kopirdiyu lekin tokilmaydigan bolmadi) mendaka ikkichini kechiring iltimos.. xullas hech qachon örganolmasam kk judayam qiyin shekili biz faqat yozuv chizuv bn band bolib bunaqa narsalarga vaqt ajratib örganmagan ekanmiz ana endi musofirlikda hamma narsani isrof qilib yotib man aksiga olib tortga gul qiladigan olsam kaput ekan....

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Walaykum assalom Mami,
      Tajribangizni erinmasdan batafsil yozganingiz uchun tashakkur. 2 receptni bitta qilib pishiribsizde?! :)
      Hafa bol`mang, hech kim onasini qornidan o`rganib chiqmaydi. Bismilloh deb, pishira olaman deb optimistik yondashsangiz albatta qila olasiz. Odam qigan ishni odam qila oladi!
      Endi xatolarga kelsak:
      1. Mani duhovkam to`g`risi yetarli gradusni qo`yganimdan keyin o`zi avtomat tarzda o'chadi va gradus pasaya boshlagach yana avtomat tarzda yonib, kerakli gradusga chiqazib beradi. Tort pishirganda yuqorisini man yoqmiman.
      2. Hozirgi, zamonaviy, cheti ajraladigan qoliplar maxsus yopishmaydigan bo`lgani uchun, qolipni yog`lash haqida o`ylamabman ham. Buning uchun uzr so'rayman. Agar qolip maxsus yopishmaydigan bo`lmasa, unga yoki yog'liq og`oz (pergament - parchment paper) to'shash kerak bo`ladi, yoki yog'lash kerak bo`ladi.
      3. Mani receptimda suv yo'q. Agar suv solmaganingizda va agar ozzzgina bo`lsayam tuhumni sarig'i oqiga tushmagan bo'sa, u albatta idishni ag'darganda tushmaydigan bo`lardi. Idish ag'darganda tushish, tushmasligiyam muhimmas aslida, tuhum yaxshi ko`pirsa bo'ldi.
      4. Siz aytganday suv solib pishiriladigan biskvitlaga muzday suv solish kerak. Sizam soldizmi? Keyin suv solganizzi evaziga, unni ko`paytirish kerak edi
      5. Yuqoridagi man qo`ygan receptda, tort qancha ko`tarilsa, pishib chiqib, sovigandan keyin shuncha o`tiradi deb yozilgan. Haqiqatdan ham shunaqa. Chunki, atigi 7 qoshiq un borde. Aynan shuning hisobiga siz aytganday tamoqqa qator bo`lib qoladigan quruq biskvit bo`lmasa kerak deb o`ylayman.

      Javoblarim sizni qoniqtirar degan umiddaman. Agar yana u bu savolla bo`lsa bemalol, behijolat. Imkon qadar javob berishga harakat qilaman.
      P.S. Ha aytganday gul qo'yadigan nasadkalarizziyam tahlab qo`yavering, shunaqangi torchi bo`lib ketasiz hali Inshallah! ;)))
      Salomat bo`ling!

      Удалить
  14. Assalomu alekum! Tortlarizga gap yoq:-) Qaniydi manam wunaqa piqirolsam?!Etvotgan molochniy mastikezni tayyorlab kormoqchiydim. Lekin unga qowiladigan kraskalani qattan olaman? Nima dib soraladi? Keyin mastika tayyorlab bogandan keyin srazu yasaladimi ili xolodilnikda turadimi? Javob u.n oldindan rahmat!!!

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Walaykum assalom Gulfariz!
      Iliq gaplaringiz uchun tashakkurlar :)
      1. Kraskalarni agar chetda bo'lsangiz pishiriqqa oid bo'limlardan bemalol topa oalsiz. Uzb.da bo'lsangiz bozorlarda tortga kerakli qandolat maxsulotlari rastalaridan topasiz. "pisheie kraski"
      2. Iloji boricha mastikani tayyorlab olganizdan keyin, shu zahoti yasab olsangiz yaxshi bo'ladi. Holodil'nikka qo'yish kerakmas. Agar ortgani bo`lsa 1-2haftagacha holodil'nikda saqash mumkin.

      Удалить
  15. Assalomu aleykum opa.Saytiz manga judayam yoqdi foydali asosiysi xakq tilida yozilgan.Men ham havaskorlardanman yoshim 16 da.Shu paytgacha kuplab tortlar oishirganman ammo uxshamagan.Tuhjmni chayganimda juda yaxshi kupriydi .ammo gaz pechiga kirgandan kn 5 sm bub qoladi holos nima qisam buladi tuhumni sarigini chayib kn solish keremi yo yuq hamda tortga razrixitel sosa buladimi.Bizani duxovkamiz artelde 180 gacha aizdirib tortni quugandan kn sal pasaytirish keremu yo yuq nechinchi qatorga quysh kere urtagami yoki pastgami duxovkani ochsa buladimi qsrash un orasida.Saytizga va ishlarizga omad tilab qoluvchi Madinabonu

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Walaykum Assalom Madinabonu!
      Receptda yozilganiga e'tibor qilgan bo'lsangiz tort qancha ko`tarilsa, shuncha o'tiradi pishib chiqqandan keyin deyilgan. Agar pishib chiqqandan keyin o'tirishini nazarda tutayotgan bo'lsangiz, bu tabiiy holat. Atigi 7 qoshiq un solingani uchun shunaqa.
      Duhovkani oldindan qizishga qo'yib qo`ying.
      Tortlarni har doim o'rta qatorda pishiring.
      Imkon qadar duhovka eshigini pishguncha ochib qaramang. Duhovka ochilganda ichidgi issiq havo chiqib, sovuq havo bilan almashgani evaziga, tor pishmay turib o'tirib qoladi. Shuning uchun 30-40 minutga timer (budil'nik) qilib kuting.

      Удалить