вторник, 19 октября 2010 г.

Nafis "Shokoladlik tort" - Нежнейший "Шоколадный торт"


Ko'pdan beri oila a'zolarimiz shokoladlik tort pishirib berishimni iltimos qilib yurishgandi. Bu tortni receptini yaqinda Home Baking jurnalida ko'rib, azbaroyi pishirgim kelganidan kechqurun (ertalab nonushtaga ulgurish maqsadida) tayyorlab ko`rdim va barcha oilamiz a'zolariga manzur bo'ldi. Tort, haqiqatdan ham juda nafis. Marhamat, o'zingiz tayyorlab bunga Inshallah amin bo'ling.
Demak, Masalliqlar:

 
Biskvit uchun:
  • 2 stakan un
  • 2 stakan shakar
  • 1/2 stakan kakao poroshog'i
  • 3 choy qoshiq razrihlitel' (receptda 1,5 choy qoshiq iste'mol sodasi edi)
  • 1/4 choy qoshiq tuz
  • 1/2 stakan o'simlik yog'i (moy emas, aynan jir)
  • 1 stakan sut
  • 1/2 stakan achchiq kaxva
  • 1 choy qoshiq vanilla extrakti (yoki vanilin pichoq uchida)
  • 2 dona tuxum(kattasidan)
Krem uchun :
  • 400 ml qaymoq
  • 1 stakan kakao poroshog'i
  • 1 stakan va 3 osh qoshiq shakar
Tayyorlanishi:
1. Duhovkani 350 F, yoki 180 C ga qizishga yoqib qo`ying

2. 23 cm lik tort qolipini yog'lab, un sepib tayyorlab bir chetga olib qo'ying.

3. Chuqurroq katta idishda - un, shakar, kakao poroshog'i, razrihlitel' va tuzni solib

4. yaxshilab aralashtiring.

5. Quruq aralashmaga o'simlik yog'ini solib, mikserni past tezligida aralashtiring.

Mana bunday ko'rinishga keladi.

6. Sutni solib ehtiyotkorlik bn oldin past, keyin o'rtacha tezlikda aralashtiring.

7. Aralashmaga sovuq-achchiq qahva va vanilla extraktini qo`shib, bir hil massa
bo'lgunga qadar aralashtirib, katta tezlikda yana 2 daqiqa aralashtiring.

8. Tuhumlarni qo'shib, yana 2 daqiqa yuqori tezlikda aralashtiring.


9. Hamirni 23 cm.lik tortnicaga solib, 350F yoki 180Cda qizdirilgan duhovkani 
o'rta qatorida qo'yib, 55-60 minut pishirasiz.

Tort pishganini an'anaviy usulda, ya'ni cho'p bn tekshirib ko'rishingiz mumkin
(cho'p quruq chiqsa, demak tort pishgan). Tortni 5 minut qolibdan olmasdan sovitib qo`yiladi.

10. Qolib chetlariga pichoq yuritib chiqilib, tort qolibdan olinadi va
sovish uchun 30-40 daqiqa qo'yib qo'yiladi.

Tort sovuguncha krem tayyorlab olish mumkin.

Buning uchun:
1. kakao poroshogi va 3 osh qoshiq shakarni yaxshilab aralashtirib

 2. Aralashmaga 100ml. qaymoq qo'shib yana aralashtiriladi
(Tez harakat qilinmasa massa qotib qoladi)

3. Qaymoq va shakarni 2-3 minutcha o`rtacha tezlikda aralashtirib

4. Kakaolik massani qo'shing.

5. Massa bir hil bo'lib, yumshoq saryog' ko'rinishiga kelganda chayishdan to'xtang.

6. Sovib ulgurgan tortni o'rtasidan 2ga bo'ling 
(kesishdan oldin tayyor kremdan bir yoniga ozgina surib keyin kessangiz,
bo'laklarni shu chiziqlar yordamida yana joyiga qo'yish mumkin )

7. Ikkiga ajratilgan tort orasiga kremni 1/3 qismini suring

8. Usti va yonlariga ham krem surib hohlagancha bezashingiz mumkin.

9. Kechasi holodil'nikda qo'yib, ertalab nonushtaga bemalol 
Nafis Shokoladlik tort tanavvul qilishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!!! :)


31 комментарий:

  1. Pishirib ko'rdim.
    Recept uchun tashakkur. Tort haqiqatdanam juda nafis ta'mga ega. Qo'llaringiz dard ko'rmasin.

    ОтветитьУдалить
  2. Assalamu alaikum, kechirasiz shu usimlik yog'i deganda aynan qanaqa yog'ni aytgansiz,iltimos shuni tushuntirib yuborsangiz?! Men usimlik yog'i deyilganda ovqatlarga ishlatilinadigan oq yog'nigina tushunar ekanman!(
    P/S, urniga margarin ishlatish ham mukinmi?
    oldindan rahmat!
    UmmuAbdillah.

    ОтветитьУдалить
  3. UmmuAbdullah
    O'simlik yog'i(jir) - huddi margarin, saryog'larga o'xshash quyuq va oq bo`ladi. Lekin sizda shunaqa Jir bo`lmasa hechqisi yo'q, hafa bo'lmang. O'rniga oddiy kungaboqar yog'i yoki jo'hori yog'i ishlatishingiz mumkin.
    Paxta yog'ini ishlatmaganingiz ma'qul, undagi o'zini hidi tortda bilinishi mumkin.:)

    ОтветитьУдалить
  4. Assalomu alaikum tort juda
    apetitniy ,yaqin kunlarda tayorlab kuraman insha Allah .rahmat sizga bundoy ajoiyb repceptlani urgatganiz uchun .illohim yahshi ulagan niyatizga erishing .

    ОтветитьУдалить
  5. raxmat ajoyib tort uchun mazali bo'pti. wunaqangi tayyorlab ko'rsatgansizki xuddi o'zim tayyorlab yeb ko'rgande

    ОтветитьУдалить
  6. assalomu alaykum, to'rtni qilib ko'rdim judayam mazali chiqdi, recept uchun sizga katta raxmat

    ОтветитьУдалить
  7. Makusha, skazhi,mozhno krem prosto slivki+sahar, bez kakao?

    ОтветитьУдалить
  8. V mesto kakao mojno dobavit' tertiy shokolad ili rastolenniy shokolad so sliv.maslom.

    ОтветитьУдалить
  9. Assalomu alaykum judayam yaxshi ekan.Rahmat.Uzi har doim blogingizga kirganda shu tortga havasim ketardi,mixer va dumaloq qolipim yuqligi uchun pishirmay turgandim,forumda hamma maqtab yozgani uchun sabrim chidamay zbevalka va kattaroq turtburchak qolipda qildim,juda yaxshi kutarildi,negadir urtasi kutarilib ketdi,shortening urniga corn oil ishlatdim,juda yoqdi,faqat ozgina quruqroq buldi,yoki z-kada qilganim va oil ishlatganim uchunmi?

    ОтветитьУдалить
  10. Assalomu alaykum.Shu pishiriqqa achchiq qaxva solish zarurmi?Javob uchun oldindan tashakkur.Munira

    ОтветитьУдалить
  11. Walaykum assalom Munira.
    Man oddiy tez eriydigan Nescafedan 2 osh qoshiqni yarim piyola suvga damlab ishlatganman.
    Agar umuman kahva ishlatishni istamasangiz kahva o'rniga albatta shu miqdorda suyuqlik suv solishni tavsiya qilardim.

    ОтветитьУдалить
  12. Makush, davnenjko novih receptov ot tebya nebilo, zhdu s neterpeniem!

    ОтветитьУдалить
  13. bu tortni korgan zaxotim yodlatib olgan edim albatta qilaman deb ,lekin fursati endi yetibdi,xayit dasturxonimizzi korki boldi

    Olloh rozi blsin sizdan xaqiqatda nafis tort ekan
    bizga rosa yoqdi ,bundanam yaxshi tortlar kutib qolamiz

    ОтветитьУдалить
  14. Sunduz opa
    Tort yoqqanidan judayam hursandman.
    Jumlamizdan rozi bo`lsin!
    Hayit ayyomi muborak bo`lsin!:))

    ОтветитьУдалить
  15. Assalom aleykum Makush opa, vegetable shortening urniga butter ishlatsa buladimi?

    ОтветитьУдалить
  16. Walaykum assalom Kamola!
    Shortening o'rniga butter, margarine yoki o'simlik moyi ham ishlatishingiz mumkin.
    Hammasiyam 1 hil chiqarkan, sinab ko'rganman.

    ОтветитьУдалить
  17. assalomu alaykum man bu tortni uchinchi marta qildim uchinchisi ancha oxwadi, lekin negadir usti cheti tagi pechene oxwab qattiq bb chiqiyapti 150gradusda 1 soatta piwiriyapman 180 qilsam kuyib ketadimi deb oylab nimaga unaqa boliyaptikan

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Walaykum assalom
      Siz qo`rqmasdan receptda yozilganday 180C da pishiring. Duhovkani oldinda(15 minut oldin) qizishga qo`ying. Yuqori gradusda tez ko`tarilib keyin ichi pishadi.

      Удалить
  18. Assalomu alaykum Makusha rahmat resept uchun ALLAH rozi busin iloym qulariz dard kurmasin kecha tayorlab kurdim odiy yog bn qildim inshaallah keyngi safar jir bn sinab kurmoqchiman judayam mazzali chiqarkan hoziram bolalarim bn eb sizni duo qilib utiribmiza rahmat sog buling

    ОтветитьУдалить
  19. assalomu aleykum rasmda kofeni qachon qowkaniz korsatilganmi

    ОтветитьУдалить
  20. assalomu aleykum sizdan soramoqchidim 1/2 ili 2/4 diyilgan narsa gramda qancha etomismi

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Walaykum assalom
      1/2 - yarim stakan
      1/3 - stakaningizning 3dan bir bo`lagi miqdorida
      1/4 - stakanning 4dan 1 bo`lagi miqdorida...
      nazarda tutilgan:)

      Удалить
  21. Makusha pochemuto moe testo bilo ochenj zhidkim, kozh vipeksya tyazholim, vse produkti izmeryala odnim stakanom. V Chem zhe oshibka?

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Assalamu alaykum!
      1. Maslo kakoe vy ispol'zovali? Esli rast.maslo to testo poluchaetsya jidkim.
      2. Chto vy emeete v vidu chto korj tyajoliy? Korj ne ispeksya?

      Удалить
  22. Dazhe neznayu kak obyasnitj... Proverila zubochistkoy - suhaya, à Sam korzh tyazholiy.
    Na schet : ispolzevala rastiteljnoe.

    ОтветитьУдалить
  23. Nuu, tort maslenniy. On ne poluchitsya leghkim kak biskvit. No vsezhe! A kak na vkus? Vy pro eto zabyli ;) :)

    ОтветитьУдалить
  24. Ya pekla k prihodu gostey, nu tak kak on u menya ne udolsya ya ego v morozilku spryatala ;)

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. On vse eshe v morozilke? :)
      A vy dostan'te i poprobuyte namazat' kremom. Mozhet ponravitsya?

      Удалить
  25. Assalom. Negadir menda har safar moy quwganimda uxwamaydi. Qotib qoladi. Aynan jir deyildanku. Qanaqa moy quwiw kerak? Javob ucun rahmat

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Walaykum Assalom,
      1. Yog' solganda qaytanga yumshoqqina va vlajniy tort chiqishi kerak. Hamma maxsulotlaringizni bir stakanda o'lchayabsizmi? Receptdagidaka Yarim stakan yog' qo'shdingizmi?
      2. Asl receptda aynan jir deyilgan. Rasmda men ham jir bilan qilganman. Lekin siz qo`rqmasdan oddiy o'simlik(pista yog'i kabi)yog'i yoki saryog', margarin ham ishlatishingiz mumkin. Men hammasini sinaganman. Hamma bir hil yumshoq chiqadi.
      P.S. Agar O'zb.da bo`lsangiz Saryog', margarin sotadigan magazin yoki bozorda kg.lik oq yog' (somsa qatlashga jir)deb so'rasangiz topib berishadi. Uniyam sinab ko`ring hohlasangiz.

      Удалить