Dadajon, kim so'kadi xato qilsam?
Dadajon, kim turadi to'ylar qilsam?
Dadajon, duolarsiz qandoq qilay?
Dadajon, kim kutadi uyga borsam?
Diydor qoldi endi Mashxal maydoniga ...
Diydor qoldi endi Mashxal maydoniga ...
Otajonim bu yolg'onchi dunyoni tashlab, chin dunyoga ketganlariga 34 kun bo'ldi. Uzoq tanaffusdan keyingi birinchi postimni Otajonim xotiralariga bag'ishlashga qaror qildim. Hayot bo'lganlarida 8 May kuni 68 yosh bo'lgan bo'lardilar. Bunday sinov har bir bandasining boshida borligini bilsamda, bularni yozishni xatto aqlimning ko`chasidanam o`tkazmagan ekanman. Doim bir
nimalar bilan band qo'llarim, Otajonimdan ajrab hech nimaga yaramay
qoldi. Xatto yozishgayam. Yozyapmanu qo'llarim qaltiroqdan, ko'zimdan shashqator yosh oqishdan to'xtamayapdi. 34 kun oson o'tmayotganiga ishonchim komilki, bu satrlarni o'qiyotgan har biringiz juda yaxshi bilsangiz kerak. Buni tushuntirib o'tirishga xojat yo'q. Haligacha kechalari goh yashirib, goh ko'rsatib yig'lab otamni sog'inaman. Namozlarimdan keyin ular haqqiqa duo qilamanu, huddi boshqa birov uchun qilayotganday. Ketganlar orqaga qaytmasligini, diydorni endi qiyomatga qolganini, Otajonim ovozlarini, dasturhon atrofidagi shirin suhbatlarini, xato qilganimizda sabr bilan qayta tushuntirisharini, dono maslaxatlarini qayta eshita olmasligimni aql tushunadiyu, lekin ko`ngil, huddi ishonqiramay, uyga telefon qilganda orqa ovratdan otajonim ovozlarini qidiraveradi, qidiraveradi, qidiraveradi...Oilada faqat qizlarmiz. 7 qiz. "Qiz bola palahmon toshi. Qaerga otsang shu yerga tushadi" deyishganidek oramizdan 3 miz ota-onamdan uzoqda yashaymiz. Yaxshiyam internet, SKYPE degani bor ekan baxtimizga,Hudoga shukur, har kuni ko`rishamiz derdila raxmatlik Otajonim. Lekin ko'pincha "konferenciya" qilib, onamla bilan gaplashib o'tirib, otamlarni so'rasak yuribdila kirib chiqib, xozir keladilar gaplashgani derdila oyimla. Keyin bilsak, gaplarimizni eshitibbb o'tirarkanla orqada.
Onang bilan shunaqa mazza qilib gaplashasizlarki, gaplaringizni bo'lib, oralaringizga tiqilgim kelmaydi, Hudoga shukur sog-omon ekanlar, kayfiyatlari yaxshi ekan deb sevinib, eshitib o'tiraveraman. Allohga sizlardek 7 qiz berganiga shukur qilaman doim. Qani birov, 7 qizingga 70 o'g'il beraman, almash desinchi, 2 dunyoda ham alishmasdim. Qiz bola bo'lsalaring ham, hammangiz o'rningizni topib yuribsizlar, O'ziga shukur. O'g'lim yo'q deb armon qilmaganman. Kuyovlarimni o'g'illarim deganman. derdilar.
Ehh bu satrlarni yozyabmanu, huddi ovozlari qulog'im ostida jaranglayapti. Hayot davom etaverarkan...
Bularni yozishimdan maqsad kimnidir ko'nglini og'ritish, Otasi o'tganlarni yarasini tirnash, yoki, o'zimni hissiyotlarimni ko'rsatib menga nisbatan achinsh hissini uyg'otishmas. Shunchaki, ko'nglimni oz bo'lsada bo'shatib taskin topishni istadim. Shunchaki, har bir o'qigan odam bittaginadan otam haqqiga duo qilib qo'yishligi mumkinligini o'yladim. Endi bu yog'iga kuchli bo'lishim kerakligini, avvalgidanam kuchli bo'lishim kerakligini o'yladim. Chunki, Otam hech qaysi qizlarini pissimist holda ko'rib hursand bo'lmagan bo'lardilar. O'zlari judayam sabrli inson bo'lganliklari uchun, sabr qilishni bizgayam ko'p o'rgatganlar. Har bir inson Alloh bergan sinovlaridan shukur qilib o'tishdan boshqa ilojisi yo'q ekan.
Bugun ishonolmam yo`qligingizga,
Sizni qidiraman, bu jonim halak.
Otajon, hattoki bu judolikka,
Chiday olmay yig`ladi osmon-u falak*.
Bilaman, bu savdo har kimda ham bor,
Lekin bilingiz, siz, doim abadiy.
Ko`nglimda, dilimda Otajon siz bor,
Ollohim, otam qil-o`zing Jannatiy...
Sizni qidiraman, bu jonim halak.
Otajon, hattoki bu judolikka,
Chiday olmay yig`ladi osmon-u falak*.
Bilaman, bu savdo har kimda ham bor,
Lekin bilingiz, siz, doim abadiy.
Ko`nglimda, dilimda Otajon siz bor,
Ollohim, otam qil-o`zing Jannatiy...
She'r muallifi: eng kenjamiz 18 yoshli singlim. Otamni qabrga qo'yib kelishgach, shunaqa kuchli yomg'ir yog'ganki, huddi osmon ham bizga qo'shilib yug'layotganday edi.
Аллоҳ сабр берсин.
ОтветитьУдалитьАжойиб отанинг ажойиб фарзандисиз!
Жойлари жаннатда бўлсин!
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Allah makonlarini jannati oliy qilsin.
ОтветитьУдалитьИнна лиллахи ва инна илайхи рожи"ун! Амин!
ОтветитьУдалитьАллах сабр берсин.
ilohim joylari jannatdan bolsin
ОтветитьУдалитьMaksuda sabrli bol
Joylari Jannata bolsin men xam albatta duo qilaman,inson xayotdan otgandan keyin umr daftari yopilarkanu lekin u insondan qolgan farzand duolari,u yaratgan asar yo ilmiy ish yoki bog' xech qachon u odamga bolgan savobini yozishdan toxtamas ekan.Sizga qolgan oila a'zolariyizga sabr tilaymiz.
ОтветитьУдалитьAlloh rahmat qilsin, joylari jannatda bo'lsin
ОтветитьУдалитьAlloh rahmatiga olgan bolsin,joylari jannatda bolsin.Alloh sizga sabr bersin
ОтветитьУдалитьAlloh sabr bersin,joylari jannata bolsin
ОтветитьУдалитьInna lillahi va inna ilayhi rojiun, Alloh sizga chiroyli sabr bersin va otangizni joylarini jannatdan qilsin,inshaalloh ohiratda Alloh sizlarni birga ko'rishtirishini umid qilib shuni ham eslasangiz ancha taskin topasiz,Alloh hammamizni gunohlarimizni kechiqsin.
ОтветитьУдалитьummu umar.
Innaa Lillaahi va innaa ilayhi rojiu'n.Allohning O'zi sizga chiroylik sabr bersin,ha bu dunyoda odam farzandi uchun shunday sinovlar bo'lib o'tar ekan kimdir Onasidan yana kimdir Otasidan erta ayrilar ekan,Allohim Otangizni rahmat to'niga burkasin,hammalarimizni gunohlarimizni kechirsin.Amin!Rayyona.
ОтветитьУдалитьAllah joylarini Jannatdan qilsin! Sabr bersin hammaga! bu hammamizni boshimizdan o'tadi man ham 17 yoshimda dadajonimdan ayrilib qolganman juda og'ir man bilaman sizni juda yaxshitushinaman. Bu Allahni ishi hammani boshida bor bu narsa, Ummu Umar aytganlaridey inshaa Allah hammamiz Jannatda hotirjam inshaa Allah ko'rishamiz. Bu dunyo esa faqat ibodat va sabr, chiroyli hulq zarur Allah hammamizni iymonizni but qilsin! o'tganlarni esa raxmatiga olsin. Amin.
ОтветитьУдалитьInna lillahi va inna ilayhi rojiun!
ОтветитьУдалитьAllohdan sizga va oilezga sabr tilayman! Yozganlarizzi uqib kuzimdan yosh quyildi. Otajonim va onajonim hayotlar alhamdulillah, lekin anchadan beri kurmaganimga juda sog'inganman ulani. Bizga bu kunlar ham g'animat ekanligini eslatti yozganlariz. Telefonda gaplashib hol ahvol surasam, adamla: qizim man yaxshiman hudoga shukr, sila sog'-salomat busela shu kere faqat, diydila, tez tez kasal bub turgan busalayam.
Allohim yana hammalari bn diydor kurishishlikni nasib qisin bu dunyodayam, ohiratdayam!
Siz ham kup duo qiling, Allohdan otajonizga mag'firat surang!
Allohim sabr barsin. Yaxshi odam bo'gani go'zlarinnan,yuzlarinnan bilinib duribdi. Joyi jannatda bo'sin iloyim.
ОтветитьУдалитьAllohim Siza sabr-toqat barsin.Yaxshi inson bo'ganlari yuzlarinnan,go'zlarinnan bilinib duribdi. Joylari jannatda bo'sin,Omin.
ОтветитьУдалитьAllohim Siza sabr-toqat barsin. Yaxshi inson bo'ganlari yuzlarinnan,go'zlarinnan bilinib duribdi. Joylari Jannatda bo'sin,Omin
ОтветитьУдалитьInna lillahi va inna ilayhi rojiun!
ОтветитьУдалитьAllohni ozi sizga va qolganlarga chiroyli sabr bersin! Oila a'zolaringizni oz panohida asrasin!