Bu tort Fiesta (-Meksika bayramlaridan biri) temasida 1yoshli bolaga
atab pishirildi. Tort 1 yoshli bolakayga bo'lgani uchun qanaqa bezashga
rosa kalla qotdi.
Odatdagiday Muzqaymoq tortni kremlab, ustini gulli selikon mat (mastikda o'z izini qoldirib, huddi mastika ustidan chizib chiqilganday ko'rinish hosil qiladi) yordamida yoyilgan molochnaya mastika bilan qoplaginimizdan keyin ,
Tort ustini kecha uchun tayyorlangan taklifnoma bilan bir hil ko`rinishda qilishni hohladim.
Taklifnomada huddi shunday konfetlar, qalpoqcha kiyib o'tirgan
bolakayning rasmi va ehsak Pinata bor edi. Shularni hammasini jamlab, bolalarona qilib kesilgan harflardan bayram qahramoni ismi,
konfetlar va albatta Pinata va bayram qalpoqchasi
yasab qo'ydim.
Yon
atroflariga Meksikaning ramzi yoki Meksika deganda ko'z oldimizda
namoyon bo'ladigan chili qalampirlariyu kaktuslar bn bezashni o'yladim.
Jelatinovaya mastikadan yasalgan kaktus va chili qalampirlarini tort
chetlariga mo'yqalam (kistochka) yordamida ozgina suv surtib, yopishtirib
chiqdim.
Tortdagi bezaklar 100% yeyiladigan bo'lgani uchun Pinataniyam asl ko'rinishda chiqarish ancha murakkab kechdi. Eng ko'p vaqt ham aynan Pinatani yasashga ketdi. oldin mastikadan yasab olingan "Eshshak" qurigach, ustidagi shokilda sifat "qog'oz" yasashga kirishildi. Buning uchun o'rama konfet
dan eniga 5mm lik tasmlara kesib chiqdim, va tasmalarni chetlarini qirqib chiqib, Eshakning oyog'idan yuqoriga qarab yopishtirib chiqdim.
Manashunaqa qilib tortning eng ko'p vaqtini olish bilan bir qatorda, mehmonlarning ham eng ko'p e'tiborini olib, tasannolar eshittirgan Pinata xosil bo'ldi!
G'oya kimgadir asqotsa, bag'oyat hursand bo'lardim:)
Tortga gap yo'q. Juda chiroyli, bolalarga mos chiqibdi.
ОтветитьУдалитьМанга оти ёкти
ОтветитьУдалить