понедельник, 7 марта 2011 г.

Mevali salat - Фруктовый салат


Kundalik ovqatlanish rejamizda albatta mevalar ham o'rin oladi. Mevalarni har birini alohida yeb chiqaman desam to'g'risi qornimga sig'may qoladi))). Shuning uchun ko'pincha hammasini aralashtirib Mevali salat qilib yeyishni oilam bilan hush ko'ramiz. O'zingizga yoqqan mevalar yig'indisidan, chiroyli salat tayyorlash mumkin. Tanlagan mevalaringiz orasida citrus mevalar bo'lishiga ahamiyat qarating. Chunki ular vitamin C ga boy bo'lib, organizmni tabiiy immunitet bilan ta'minlab beradi. 
Yuqoridagi salat, eng osoni va likopchasiyam tayyor salatlardan biri Anannasli salat.
Aynan shu salat uchun bizga:
  • Yaxshi pishgan ananas* 1 dona
  • Kivi 2 dona
  • Apel'sin yoki mandarin 1-2 dona
  • Banan 1 dona
  • Nok 1 dona
  • Olma 1-2 dona
  • Anor 0,5-1 dona (bezak uchun)
Ananasni 2ga bo'lib, ichini oyib olib, kvadrat shaklida to'g'raladi. Qolgan mevalar ham shu shaklda to'g'ralib, ananas po'stidan hosil bo'lgan likopchaga solib, dasturhonga tortiladi. Oddiy lekin original salt tayyor!!!
Yoqimli ishtaxa!

* Ananasni yaxshi pishganini rangidan va hididan bilish mumkin. Rangi sariq bo'lib,  honada yoqimli hid taratib turadi. Yana ananasni barglarini astagina tortib ko'rganda osonlikcha uzilsa, yeyishga tayor hisoblanadi. Yashil va barglari qiyin uziladigan ananas hali hom hisoblanadi. Ananas hom yeyilsa tilni yara qilishi mumkin.

Комментариев нет:

Отправить комментарий