воскресенье, 27 февраля 2011 г.

Sugaring - Шугаринг


Sugaring yohud shakarli epilyaciya - Tarkibi maxsus recept yordamida tayyorlangan shakar pastasi dan iborat bo'lib, tanadagi keraksiz tuklarni olishni qadimiy usullaridan hisoblanadi. Xatto xozirgi zamonamizda ham bu turdagi tananing keraksiz tuklardan tozalash ayniqsa Muslima ayollarimiz orasida diniy tozalik va ozodalik talablariga javob berish maqsadida keng qo'llaniladi. Sugaring (shakarli epilyaciya) ozgina og'riqli bo'lgani bilan, qoniqarli natija beradi va suv bilan oson yuviladi. Sugaring gipoalergen (alergiya bermaydigan) bo'lib, hatto eng nozik va sezgir teri turlariga ham mos keladi. Bu turda tanani keraksiz tuklardan tozalash 100% tabiiy va zararsizdir.
Sugaringni uy sharoitida ham bemalol qilish mumkin. Buning uchun bizga:
  • 2 stakan shakar 
  • 4 qoshiq limon suvi 
  • 4 qoshiq suv
Shakar, limon suvi, suvni aralashtirib, oldin o`rtacha olovda 5 minut aralashtirib turamiz,
keyin olovni pasaytirib 35-40 daqiqa qopqog`i yopilgan holda qo`yamiz. Har 10 minutda ochib yaxshilab aralashtirib turamiz. Quyuqlashib rangi asaldan sal qorayib karamel' tusga kiradi. Ko'pirib bilqillab qaynay boshlagach, plastik konteynerga solib saqlash mumkin. Karamel' iliq holatga kelgach, huddi plastilinday yumshoqlikda bo'ladi. Karamel'dan kichkina koptokchalar yasab olib, Shugaring qilishni boshlaysiz.
Omad!!!

Bu yerda esa Video rolik orqali aynan qanday ko'rinishda bo'lishini va tayyorlash jarayonini ko'rishingiz mumkin.

Eslatma: Man rolikdagi aytilgan masalliqlarni teng yarmini ishlatganman, shunday bo'lsa ham, 450 ml tayyor Sugaring hosil bo'ldi.

4 комментария:

  1. judayam yoqdi aynan man hohlagandek

    ОтветитьУдалить
  2. Salom, sugaringni2 martta qilib ko'rdim, 2lasida ham rangi tez qorayib qoldi. Birinchi 10 daqiqada rangi ancha to'qarib ketdi birdan. Lekin past olovda qildim, tushunmadim nega manda o'xshamayaptikana? maslahat bera olasizmi?

    ОтветитьУдалить
  3. zuvalani yoygandan k.n ustiga yongoqli krem surib pishirsak xamir shishib ketmidimi????mishkani xamiri yupqa bolmidimi???

    ОтветитьУдалить