вторник, 22 февраля 2011 г.

Turkcha pilav - Турецкий пилав


Turklarda pilavning bir qancha turi mavjud bo'lib, eng keng tarqalgan turi bu - "Şehriyeli Pilav"dir. Bu pilav ta'rifini 3-4 yil oldin, Turkiyadagi dugonam Guldan olganimdan juda hursand bo'lganman. Chunki kattalar bilan bir qatorda bolalarimning ham sevimli garniriga aylangan bu ajoyib taom ta'rifi uchun fursatdan foydalanib, Gulga oilam nomidan minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Aynan manashu taom tufayli Turk oshxonasiga qiziqishim yanada ortdi. Demak,
Kerakli masalliqlar:
  • 1/2 stakan Şehriye (guruchga o'xshagan maxsus makaron. eng. - Orzo pasta)
  • 1 cho'mich o'simlik yog'i
  • 2 stakan guruch
  • 3 stakan suv
  • tuz
qozoncha yoki kostrulkada qizgan yog'ga Şehriyeni solib..

aralashtirib turib qizartiramiz

guruchni qo'shib...

bir aralashtirib...

3 stakan suv va ta'bga ko'ra tuz solamiz

qaynab chiqqach olovni sal pasaytirib...

ochiq holda suvini qochiramiz (huddi oshni dimlashdan oldingi jarayoni kabi )

qopqog'ini yopib past olovda oldin 10 minut,
10 minutdan keyin qopqoqni ochib bir ag'darib, yana 10 minutga qo'yamiz.

Tayyor!!!


Bu taomni garnir sifatida - kotletlar bilan,

tovuqli podlivo bilan,

 Go'shtli rulet bilan garnir sifatida tavsiya qilgan bo'lardim.


Agar qo'l ostingizda Şehriye (orzo) bo'lmasa,
oddiy mayda vermeshel' ishlatish mumkin!!!
Yoqimli ishtaxa!!!

4 комментария:

  1. Assalomu alaykum,rasmdagi kotletingizni retseptini berolasizmi? Kurinishi judayam chiroyli ekan,muffin qoliplarda pishirasizmi?

    ОтветитьУдалить
  2. rasmdagi kotletlar qiymasi huddi Go'stli ruletnikidaga usulda qilinadi. Faqat zarqog'oz yoyib, yog'langan listda mushtdan sal kichikroq qiymani olib, huddi qushni uyasidaka qilib (o'rtasini o'yib qoldirib), ichiga tuhum chaqasiz. 190C da 30-40 daqiqa pishirasiz.

    ОтветитьУдалить
  3. Makusha opa,qanday guruch ishlatasiz,rosa chiroyli chiqarkan.English nomini ayta olasizmi,pl.

    ОтветитьУдалить