Kerakli masalliqlar:
- 0,5 kg. qiyma
- 100-150ml. Sut
- 3 bo'lak toster non
- 1 dona sabzi(mayda qirg'chdan chiqarilgan)
- 1 dona katta piyoz(mayda qilib to'g'ralgan)
- 1 osh qoshiq mayonez
- 1 bog' ko'kat
- Qora murch
- Tuz
- 3 tuxum
- Yog'
Qiyma, to'g'ralgan piyoz, mayda qurg'ichdan o'tkazilgan sabzi, mayonez, sutda bo'ktirilgan non, mayda to'g'ralgan ko'kat, ta'bga ko'ra tuz va murch qo'shilib, hammasi yaxshilab, qo'lda 10-15 minut (kamida) aralashtiriladi.
3 tuxumni ta'bga ko'ra tuz va qora murch qo'shib aralashtirib, 2 osh qoshig'ini alohida ruletni ustiga surish uchun olib qo'yib, qolganini...
ozgina yog'da qovurib olamiz.
Qiymani plenka(pishevaya) ustiga bir tekis qilib yoyib, bir chetiga qovurib, to'g'largan tuxum (va hohishga ko'ra yirik qalamcha qilib to'g'ralgan pishloq)ni qoyib...
plenka yordamida bir tekisda siqib, rulet qilib o'rab olamiz.
Go'shtli ruletimizni yoglangan fol'gaga qo'yib, ustiga quymoqdan olib qolgan tuxumni surib, 380F(190C) da qizgan duhovka o'rta qatorida 30-40 minut pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaxa!!!
Zo'r, gap yo'q, faqat rulet alyumin qog'ozga o'raladimi yo'ki ochiq pishiriladimi, shunisi ko'rsatilmabti
ОтветитьУдалитьRulet ochiq pishiriladi
ОтветитьУдалить