Bu taomni ihtiro qilishimga bolalarim sababchi bo`lishgan. Mol, qo'y go'shti bilan bir qatorda tovuq go'shtiniyam yedirish qiyin kechib qolmasdan, ovqatda goh bu narsasini, goh u narsasini yemasdan odamni qiynab yuborishardi. Bolalarni ovqatda yaxshi ko'rib yeydigan masalliqlari asosan sabzi bo'lgani uchun yoniga ozgina tovuq go'shti, bolgar qalampiri, piyoz va pomidor sousi qo'shganim bilan bolalarbop ovqat hosil bo'ldi. Bu podlivoni bizni bolalar Turkcha pilav bilan sevib iste'mol qilishadi.
Kerakli masalliqlar:
- 1 dona tovuq ko'kragi
- 1-2 dona sabzi (ta'bga ko'ra)
- 1 dona piyoz (o'rtacha)
- 1 dona sarimsoq
- 2 dona bolgar qalampiri (qizil, sariq, yashil)
- 100 ml tomat sousi
- o'simlik yog'i
- tuz
- murch
- ziravorlar ta'bga ko'ra
yuvib, somoncha shaklida tog'rab tuzlangan tovuq ko'kragini
o'rtacha qizgan yog'da yengil qovuramiz
somoncha shaklida to'g'ralgan sabziniyam qo'shib yengil qovuramiz
piyoz va sarimsoqni qo'shib, piyozni seli chiqquncha qovirib...
bolgar qalampirini qo'shamiz (somoncha shaklida)
tomat sousini qo'shib, past olovda 20 minut dimlaymiz.
Iloji boricha sabzavotlarni shakli buzilmasligi uchun va taomga estetik did berish maqsadida, aralashtirmaslikka harakat qilamiz
Taom tayyor!
Taom yonida garnir sifatida turkcha pilav
kartoshka pyure, no'xat pyure va hakozolar bilan
dasturhonga tortiq qilish mumkin.
Yoqimli ishtaxa!
say sozi uzbekcha sozmasu ozi kopro uygurla ishlatardi manam sizdan ilhomlanib bitta tuhum goshli say qilaman sizga junatsam qoyasmi reseptini
ОтветитьУдалитьAga uyg'urla ishlatsa kerak!
ОтветитьУдалитьTo'g'risi podlivoni uzbekchada topolmadim, say deb qo`yaqoldim:)
Receptizni jo`natavering bajoni dil qo`yaman :) Recept avtori sifatida ismizniyam yozib qo`yaman:)