четверг, 21 августа 2014 г.

"Yurakcha" bulochkalar - Heart shaped buns




Bu bulochkalarni hamiri huddi Kruassannikidaka.
Masalliqlar:
* 4 stakan un
* 1/3 stakan issiq suv
* 1 osh qoshiq drojji (quruq)
* 2 osh qoshiq va 2 choy qoshiq shakar
* 1 tuhum
* 60 gramm saryog`
* 1 stakan iliq sut
* 0,5 choy qoshiqcha tuz

Tayyorlanishi:
Idishga unni solib, o`rtasini o`yib, drojji+2choy qoshiq shakar+1/3stakan issiq suvni solamiz. Barmog`imiz bilan bir aralashtirib(faqat o`sha o`yilgan joyda) yuboramaiz.
Drojji eriguncha yoki ko`tarilguncha biz sutimizni qizitib olamiz. Sut qizgandan keyin, un+drojalik idishimizga 1tuhum + iliq sut + eritilgan saryog`(hohlasangiz sut qizitganda birga eritishingiz mumkin, xoxlasangiz mikrovolnovkada eritib oling)+ 2 osh qoshiq shakar+0,5 choy qoshiq tuzni solib hamir qorishni boshlaymiz.
Xamir oldin yopishqoq bo`ladi, mushlaganiz sari mayinlashib yumshoq lekin yopishmaydigan hamir hosil bo`ladi. Xamirni idishdan olib yog`langan doska yoki stolga kamida 40-50 marta yaxshilab, paqqillatib uramiz. 25-30 martadan keyin Xamiringiz mayinlashib, yengillashadi.
Keyin, xamir qorgan idishimizni yaxshilab yog`laymizda
xamirimizni idishga solib aylantiramiz(hamma tarafi yog`lanishi kerak).
So`ng xamir ustigamas balki idish yuzasini bostirib, 40-45 minutga chetga olib qo`yamiz (man duhovkada oshiraman, non xamirniyam bulochkaniyam. Duhovka qizitilmagan ammo hech qaeridan shamol kirmiydi, shuning evaziga tezroq oshadi.) Xamirimiz 2-3 barobarga ko`payadi. Xamirni olib yaxshilab yana mushlaymiz


Hamirni teng 30 bo'lib, zuvalachalar yasaymiz


har bir zuvalachani diametri 15-20 lik qilib yoyib, 
0,5-1 choy qoshiq shapar sepib...

ruletdaka o'rab...

ortasidan ikkiga bukib...

yopilgan tomondan 1cm. cha qoldirib, o'rtasidan kesib...

2 tomonga ajratiladi.

Listga tahlab 15 minutga ya ko'tarilguncha qo'yamiz.

15 minutdan so'ng...

ustiga tuhum surib, 425° F  yoki 220°C da 10-12 daqiqa

yoki, qizarib pishguncha pishirib olamiz

Yoqimli ishtaxa!

1 комментарий:

  1. Assalamu alaykum rahmatullahi wa barakatuh Bismilah. Sister hOW is y health and y great family ? Inshallah Great yea. Aha Inshallah I will cook this pastry cooking and i will send photo iNSHALLAH . Just I want to tell that this website created with beautiful meaning and useful information to us and mAY ALLAH reward u amen

    ОтветитьУдалить