среда, 27 января 2010 г.

Kruasan - Cruasans


Masalliqlar:
Xamiriga:
* 4 stakan un
* 1/3 stakan issiq suv
* 1 osh qoshiq drojji (quruq)
* 2 osh qoshiq va 2 choy qoshiq shakar
* 1 tuhum
* 60 gramm saryog`
* 1 stakan iliq sut
* 0,5 choy qoshiqcha tuz
* 120grammcha saryog` (yog`lashga)
Qiyom:
* 1 stakan shakar
* 0,5 stakan suv
Tayyorlanishi:
Idishga unni solib, o`rtasini o`yib, drojji+2choy qoshiq shakar+1/3stakan issiq suvni solamiz. Barmog`imiz bilan bir aralashtirib(faqat o`sha o`yilgan joyda) yuboramaiz.
Drojji eriguncha yoki ko`tarilguncha biz sutimizni qizitib olamiz. Sut qizgandan keyin, un+drojalik idishimizga 1tuhum + iliq sut + eritilgan saryog`(hohlasangiz sut qizitganda birga eritishingiz mumkin, xoxlasangiz mikrovolnovkada eritib oling)+ 2 osh qoshiq shakar+0,5 choy qoshiq tuzni solib hamir qorishni boshlaymiz.
Xamir oldin yopishqoq bo`ladi, mushlaganiz sari mayinlashib yumshoq lekin yopishmaydigan hamir hosil bo`ladi. Xamirni idishdan olib yog`langan doska yoki stolga kamida 40-50 marta yaxshilab, paqqillatib uramiz. 25-30 martadan keyin Xamiringiz mayinlashib, yengillashadi.
Keyin, xamir qorgan idishimizni yaxshilab yog`laymizda
xamirimizni idishga solib aylantiramiz(hamma tarafi yog`lanishi kerak).
So`ng xamir ustigamas balki idish yuzasini bostirib, 40-45 minutga chetga olib qo`yamiz (man duhovkada oshiraman, non xamirniyam bulochkaniyam. Duhovka qizitilmagan ammo hech qaeridan shamol kirmiydi, shuning evaziga tezroq oshadi.) Xamirimiz 2-3 barobarga ko`payadi. Xamirni olib yaxshilab yana mushlaymiz
va teng 3 zuvalaga bo`lamiz. Har bir zuvalani 2,5-3 mm qalinlikda yoyib, hona haroratida erib turgan saryog` bilan yog`laymiz(120gram saryog` yozgandik a ? 120 teng 3 ga bo`lamiz 40grammdan tushadi har zuvalaga) va rulet shaklida o`rab, keyin speral' shaklida o`rab zuvala qilamiz.
Ko`pchilik, yog`lagandan keyin holodil'nikda ko`yadi 20-30 daqiqacha, ammo man qo`ymayman. 2 zuvalani yoyib yog`lab bo`lgunimizcha tinib turgan 1 chi zuvalani olib, 5 mm qalinlikda yoyamiz. Va 1 osh qoshiqcha shakar sepib, pizzaga o`xshatib 8 bo`lakka bo`lamiz
Har bo`lakka 3-4 dona mayiz(yuvib quritilgan)solib o`raymiz


tamom bo`lgan joyini yaxshilab yopishtirib(iloji boricha yopishgan joyi tagida qolsin) saaallllgina yarim oy shaklida bukamiz


O`ralgan Kruassanlarimizni listga(yog` surish kerakmas, hohlasangiz pergament qog`ozi yoyishingiz mumkin, listni tozalamaslik uchun  ) orasida yaxshigina joy qoldirib tahlab chiqamiz(chunki hali yaxshigina ko`tariladi) va oldindan 100F (40 C)da qizitib keyin O'CHIRILGAN duhovkada yana 15 dqaiqacha oshiramiz. 2 baravarga ko`tariladi. Yuziga tuhum surib 375F(190C) da 15-20 minut pishiramiz .


yoki qizarib chiqquncha.


Ochiq ishtaha :)

Комментариев нет:

Отправить комментарий