четверг, 21 августа 2014 г.

Qizim yomon...




Kuyov bolam, o'z bolam
Mani qora ko'z bolam
Dilimda bir so'z bolam
Qizim yomon siz yaxshi.

Erka bolam, arslonim
Oyim turgan osmonim.
Qo'lingizdadur jonim
Qizim yomon siz yaxshi.

Yigit bormi sizday mard?
Yuragi toza begard.
Ikki dunyo ko'rmang dard
Qizim yomon siz yaxshi.

Biz temir siz tillosiz.
Biz omi siz mullosiz.
Biz nodon siz donosiz.
Qizim yomon siz yaxshi.

Qizimning o'zi axmaq!!!
Yurardi sizni maqtab.
Bir keptida arazlab
Qizim yomon siz yaxshi.

Tiriklik deb yursangiz.
Uy-joim deb tursangiz.
Nima qipti ursangiz?
Qizim yomon siz yaxshi.

Ro'zg'or xurjun bo'ladi
Goh kamib goh to'ladi.
Xotin degan ko'nadi
Qizim yomon siz yaxshi.

Bolam, sizda ixtiyor
Bo'lmaylik ozor, bezor.
O'rtada bolalar bor
Qizim yomon siz yaxshi.

Ko'p yashang yuzga yeting
Qiz tushgurni afv eting
Aldab-suldab opketing
Qizim yomon siz yaxshi

Ko'chada yotsangiz ham,
Mast bo'lib qotsangiz ham,
Choynakni otsangiz ham,
Qizim yomon siz yaxshi.

Bo'lsangiz ham mayliga
Yursangiz ham o'ngu-chap
Man hamisha siz taraf
Qizim yomon siz yaxshi.

Sog'ligida sizniki
O'g'liniki qizniki
Kasal bo'lsa bizniki
Qizim yomon siz yaxshi.

Taqsirimsiz, xo'jamsiz
Qimmatbaho o'ljamsiz
O'zim ochgan jo'jamsiz
Qizim yomon siz yaxhsi.

Marhaboxon uqqanim
Go'ngga g'uncha suqqanim
Gunohim qiz tuqqanim
Qizim yomon siz yaxshi.

Marhabo Karimova


Комментариев нет:

Отправить комментарий