Oddiy keksni kesganda ichidan syurpriz chiqishiga nima deysiz :)
Bunday syurpriz tort uchun bizga, 2 rangli tort kerak bo'ladi. Men ichidagi "Syurpriz"ni yurak shaklida qilganim uchun, Red Velvet hamirini tanladim. Red Velvet yog'li bo'lgani uchun, asos tort uchun ham yog'li keks tanladim. Oq keksga qora un ishlatganim sababli, sarg'imtir rangda chiqdi. Siz istagan uningizni ishlatishingiz mumkin.
Masalliqlar:
- 5-6 dona Red Velvet muffinlari
Oq rangli keks uchun:
- 100 gr. saryog'(sl.maslo(hona haroratida))
- 0,5 st. shakar
- 2 tuhum
- vanilin
- 60 ml.sut
- 1 st. un
- 1/4 choy qoshiq tuz
- 0,5 choy qoshiq razrihlitel'
- 1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi
- 1 choy qoshiq uksus
Krem:
- 1 pachka (250 gr) cream cheese (sl. sir)
- 0,5 st. shakar
- 0,5 st. qaymoq
- vanilin
Tayorlanishi:
Oldin, receptga asosan Red Velvet muffinlarini pishirib olamiz. Muffinlar sovigunga qadar, oq rangli keksimizni tayyorlaymiz.
Hona
haroratidagi saryog' bn shakarni aralashtirib, bittadan tuhum qo'shib
yaxshilab aralashtiramiz. Aralashmaga un, tuz, razrihlitel', vanilin va
sutni qo'shib, 2 minutcha mikserda aralashtiramiz. Ohirida soda bn
uksusni aralashtirib, hamirga qo'shamiz. Man non formasida pishirganim uchun, tort esa, formadan balandroq bo'lishi kutilgani cuhun, 2 qat alyumin qog'oz bilan balandroq qilib o'rab, hamir tagiga pergament qog'oz to'shadim.
Hamirni 1/3 qismini qolipga
solib, usti tekiz kesilgann muffinlarimizni
tahlab chikamiz va shashlik cho'pi (spajka)
bilan biriktiramiz. (Shu jarayonni rasmga olmaganman) Ustiga qolgan
hamirimizni solib, qizgan duhovkada qizarib chiqquncha pishirib olamiz
Hohishga qarab bezatamiz
Комментариев нет:
Отправить комментарий