Red Velvet (Qizil duhoba) torti, mani sevimli tortlarimdan biri. Bu safar, boshqa bir g'oya uchun cup cake qilishga to'g'ri keldi. Hohlasangiz kremsiz muffin qisangiz ham bo'ladi.
12 dona Cup cake (muffin) uchun
Masalliqlar:
- 1 1/4 stakan un (man 1 st. qora 1/4 st, oq un ishlatdim)
- 0,5 choy qoshiq razrihlitel'
- 1/4 choy qoshiq tuz
- 1 osh qoshiq kakao
- 60 gr. hona haroratidagi sl.maslo
- 3/4 st. shakar (man 0,5 st. soldim)
- 1 tuhum
- Vanilin
- 0,5 st. suyuq qatiq (Buttermilk*)
- 1 osh qoshiq suyuq qizil iste'mol kraskasi
- 0,5 choy qoshiq sirka (oq uksus)
- 0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
- 1 pachka (250 gr) cream cheese (sl. sir)
- 0,5 st. shakar
- 0,5 st. qaymoq
- vanilin
Tayorlanishi:
Duhovkani 350F (180C)ga qizishga qo'yib qo'ying.
Shakar va iste'mol sodasidan boshqa quruq masalliqlarni aralashtiramiz. Boshqa idishda hona haroratidagi saryog' bilan shakarni aralashtirib, bittadan tuhum qo'shamiz.
Kichkinaroq idishda qatiq va kraskani aralashirib, yog'li massaga qo'shib, ketidan unli aralashmani solib, aralashtiriladi.
Kichkina idishchada uksus bilan sodani aralashtirib, tezgina hamirimizga qo'shib, aralashtirib olamiz.
Hamirni muffin qoliplariga solib, qizgan duhovkada 18-20 minut, yoki cho'p tiqib ko'rilganda quruq chiqquncha pishirib olamiz.
Krem tayyorlash uchun:
Cream cheese bilan shakarni yaxshilab aralashtiramiz
va vanilin bn
qaymoqniyam qo'shib,
yengil krem bo'lgunga qadar ko'pirtiramiz.
Pishib chiqqan muffinlarni soviganidan keyin, hohishga qarab bezatiladi
Yoqimli ishtaxa!!!
Комментариев нет:
Отправить комментарий