вторник, 7 декабря 2010 г.

Baqlajon ikra - Баклажановая икра



Kerakli masalliqlar:

  • Baqlajon  0,5 kg
  • Sabzi 2 dona (o'rtacha kattalikda)
  • Piyoz 1 dona (katta)
  • Bolgar qalampir 1-2 dona(katta)
  • Pomidor 1-1,5 kg 
  • Sarimsoq 5-7 dona
  • Achchiq qalampir
  • ko'katlar
  • Lavr yaprog'i 2-3 dona
  • Qora murch
  • Tuz
  • Yog'
Tayyorlanishi:
Baqlajonni kvadrat shaklida to'grab....

oz - ozdan yog'da qizartirib olamiz *


shu yog'da kvadrat qilib to'g'ralgan sabzini qovuramiz

sabzi qovurilguncha piyozni to'g'rab...

 sabziga qo'shib qovuramiz
 
 pomidorni ham mayda to'g'rab...

sabzi va piyoz yoniga qo'shamiz

pomidorni seli chiqib qovurilguncha Bolgarskiyni kvadrat qilib to'g'rab...

suvi chiqa boshlagan pomidor yoniga qo'shamiz va 20 minutcha
past olovda qaynatib qo'yamiz

yirik to'g'ralgan ko'katlar, sarimsoq, ta'bga ko'ra achchiq qalampir, 
tuz, murch va lavr yaprog'ni ham qo'shamiz

 



20 minutdan keyin qovurib olib qo'ygan baqlajonimizni qo'shib

  45-60 daqiqa past olovda, to pomidorni suvi tamoman 
chiqib ketguncha qaynatib qo'aymiz


Tayyor! Yoqimli ishtaxa


Bu ikrani bemalol bankaga ilib qo'ysa ham bo'ladi.



6 комментариев:

  1. Ассалому алайкум Максудахон.Баклажон икра килмокчи эдим.Шу масаликлар микдоридан канча икра чикади мен кишга олиб куймокчи эдим.Олдиндан рахмат!!!

    ОтветитьУдалить
  2. Walaykum Assalom.
    Ushbu masalliqlardan 350-450ml lik bankalardan tahminan 3-4 banka chiqadi.

    ОтветитьУдалить
  3. cox saqol.men sozleri basa dusmedim .amma shekillerden basa dusdum
    tesekkur edirem

    ОтветитьУдалить
  4. uzingiz sinab kurganmisiz opajon

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Kech javob uchun uzr.
      Albatta sinaganman. Zero bu recept va rasmlar o'zimniki. :)

      Удалить
  5. Qisqa va lo'nda, rasmi bn tushuntiribsiz.Hozirgina ko'katlarini soldim.Salturib baqlajon solib aytganizday 1 soatlarga qaynatib qoyaman.
    Bankaga ilish uchun bankamni oldindan parlab olishim kerakmi?Keyin oddiy alyumin, buraladigan qopqoqli banka bolsa ham uzoq muddatga olib qoysam boladimi? Javobiz uchun oldindan rahmat.

    ОтветитьУдалить