Показаны сообщения с ярлыком Baklajon - Баклажан. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Baklajon - Баклажан. Показать все сообщения

вторник, 7 декабря 2010 г.

Baqlajon ikra - Баклажановая икра



Kerakli masalliqlar:

  • Baqlajon  0,5 kg
  • Sabzi 2 dona (o'rtacha kattalikda)
  • Piyoz 1 dona (katta)
  • Bolgar qalampir 1-2 dona(katta)
  • Pomidor 1-1,5 kg 
  • Sarimsoq 5-7 dona
  • Achchiq qalampir
  • ko'katlar
  • Lavr yaprog'i 2-3 dona
  • Qora murch
  • Tuz
  • Yog'
Tayyorlanishi:
Baqlajonni kvadrat shaklida to'grab....

oz - ozdan yog'da qizartirib olamiz *


shu yog'da kvadrat qilib to'g'ralgan sabzini qovuramiz

sabzi qovurilguncha piyozni to'g'rab...

 sabziga qo'shib qovuramiz
 
 pomidorni ham mayda to'g'rab...

sabzi va piyoz yoniga qo'shamiz

pomidorni seli chiqib qovurilguncha Bolgarskiyni kvadrat qilib to'g'rab...

suvi chiqa boshlagan pomidor yoniga qo'shamiz va 20 minutcha
past olovda qaynatib qo'yamiz

yirik to'g'ralgan ko'katlar, sarimsoq, ta'bga ko'ra achchiq qalampir, 
tuz, murch va lavr yaprog'ni ham qo'shamiz

 



20 minutdan keyin qovurib olib qo'ygan baqlajonimizni qo'shib

  45-60 daqiqa past olovda, to pomidorni suvi tamoman 
chiqib ketguncha qaynatib qo'aymiz


Tayyor! Yoqimli ishtaxa


Bu ikrani bemalol bankaga ilib qo'ysa ham bo'ladi.