четверг, 19 июня 2014 г.

"Наполеон" шоколадный

 



"Shokoladniy Napoleon" hamiri uchun:

* 2 va 3/4 stakan un (man 2 st. qora un va 3/4 st. oq un ishlatdim)
* 1 choy qoshiq tuz
* 150 ml. sovuq suv
* 70 gr. sl. maslo yoki margarin
* 345 gr. sl. yog'
* 0,5 stakan kakao


Krem zavarnoy:

* 2 tuhum
* 2 osh qoshiq un
* 1 stakan shakar
* 3 takan sut
* 5 osh qoshiq kakao
* 100 gr. sl. yog'
* 0,5 stakan shokolad chips
* vanilin

Tayyorlanishi :
Hona haroratidagi yog' bn kakaoni aralashtirib, plenka orasiga o'rab 30-45 minutga holodil'nikka qo'yib qo'yamiz


Yog' qotguniga qadar hamirni qoramiz. Un, tuz va qirg'ichdan chiqqan(yog'ni unga botirib qirg'ichdan chiqazsa qo'lingizda erib ketishini oldini oladi va qirg`ich ham tozaroq qoladi ) yog`ni yaxshilab uqalab, muzday suvni solib hamir qoramiz. Hamirni ozgina yoyib, paketga o'rab 30 minutga holodil'nikka qo'yamiz.


30 minutdan keyin hamirni ozgina yoyib, o'rtasiga kakaoli yog'ni qo'yib 4 tamonini ham yaxshilab o'rab...


25x40 sm qilib yoyib rasmda ko'rsatilgandek bukib olamiz va o'rab yana vaqtingiz bo`lgunga qadar holodil'nikka joylaymiz

Vaqtingiz bo'lganda, yana holodil'nikdan olib, yoyib, bukib, o'rab, joyiga qo'yib qo'yamiz...

Shu tarzda yana 2 marta ...
2 marta qatlab, holodil'nikka qo'yganimdan keyin 3-martasida chalkashib ketmasligim uchun nuqtalar bn belgiladim. Man 5 marta qatladim. Aslida 5-da pishirishim kerak edi. Endi yoyganimda, dugonam bir ish bn kelib qoldida, boshqattan buklab jo'yiga qo'yib qo'ydim . 4 marta yoyilgani keragidanam ortiq yetadi!!!


Hamir barakali chiqdi. Teng yarmini keyin ishlatishga olib qo'dimda, qolgan yarmini 12 bo'lakka bo'lib, har birini yoyib, qizdirilgan duhovkada har birini 5-6 minutda pishirib olamiz.


Krem tayyorlanishini ko'pchiliimiz bilamiz. Bu safar kremniyam sal boshqacharoq ya'ni bo'lishini istadim va quyidagicha tayyorladim:

Tuhum, shakar, un va sutni aralashtirib, har doimgidek quyilguncha, gazda doimiy aralashtirib turgan holda, pishirib oldim. Issiqligida 3 osh qoshiq kakaoni qo'shib, 1-2 soatga chetga olib qo'yamiz. Krem butunlay sovishi kerak.

Boshqa idishda hona haroratidagi saryog' bilan 2 osh qoshiq kakaoni aralashtiramiz

Suv bug'ida eritilgan shokoladni qo'shib yana aralashtiramiz. Sovigan Zavarnoy kremni qo'shib, mikserda ko'pirtiramiz. Quyuq va vozdushniy krem tayyor bo`ldi.

Korjlarni kremlab, chetidan ortgan kusoklarni,  maydalab ustiga  va chetlariga sepamiz. 5-6 soatga muzlatkichga qo'yamiz.

5-6 soatga sabrimiz yetmadi! 2 kun ketgan vaqtim samarasini tezroq tatish maqsadida 1-2 soatlarga kesdik.
Natija!!! :)
Yoqimli ishtaxa!!!


4 комментария:

  1. MashaAllah,zor chiqibdi! Qollariz dard kormasin! :)

    ОтветитьУдалить
  2. assalomu alaykum opa men saytizi anchadan beri kuzatib boraman ayniqsa retseptlar blogini menga sizni retseptlariz juda yoqadi ham mazali ayniqsa turkcha borek opa mumkin bo'lsa sizdan bir narsa iltimos qilmoqchi edim napaleon ko'p qilaman lekin hecham o'xshamaydi agarda o'zingiz tayyorlagan bo'lsangiz o'sha retseptni qo'ysangiz oldindan kattakon rahmat

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Assalomu alaykum.
      Bu blogdagi barcha receptlar men tomonimdan sinab, tayyorlab, tatib ko'rilgan receptlar. Topgan receptlarimni oldin o'zim tayyorlab ko'raman. Menga va oilamga yoqsagina receptini, men qanaqa qilganimni rasmlari bilan, imkon qadar mayda detallarigacha tushuntirib, bu yerga joylayman.

      Удалить
  3. Kakaosiz kelishtirib qilsam oq napoleobdek chiqarmikan? Sizning reseptlariz menda har doim oxshaydi,oq napoleon uchun shu reseptizdan foydalanmoqchi edim.

    ОтветитьУдалить