понедельник, 8 августа 2011 г.

To'qish ipidan koptokchalar



Bu koptokchalarni yasash uchun kerakli jihozlar:
                                                          *  pufakchalar
                                                          *  vazelin (yoki yog'li krem )
                                                          *  ip
                                                          *  kley
                                                          *  igna

1. Pufakni kerakli kattalikda shishirib, vazelin surib olamiz

katta ignaga tanlagan ipimizni o'tkazib, 
rasmdagiday kleyni 1-tomonidan teshib, 2-tomonidan 
(shunda, o'ramoqchi bo'lgan ipimiz kleyga bo'kib chiqadi va bir biriga yopishishi oson bo`ladi )

pufakchani ustidan kleyli ipni o'rab chiqamiz (siqib, siqib o'rash kerak) 
va kamida 1 kunga quritishga qo'yib qo'yamiz. Bu vaqtda bolalar sabrsizlik bilan kutishadi.
qurigandan keyin, ip qotgan bo'ladi. 
Eng bolalarga yoqadigan joyi, pufak yorish jarayoni keldi. :) 
Ignani olib tez harakat bilan pufakni yorish kerak
Tayyor !!! 
Hohlagancha dekor ishlarini oborish mumkin:)

 Bu yog'i fantaziyangizga bog'liq


4 комментария:

  1. MashaAllah zo'r idea ekan, bizikilargayam qiziq busa kerak. Faqat osib qoyishgami bu, yoki biroz o'ynashgayam chideydimi?

    ОтветитьУдалить
  2. Raxmat UmmSara:)
    Bizanikilar pufakni yorishdan oldin (batamom qurigandan so'ng) biroz o'ynashdi, o'g'lim rosa tepib o'ynadi. Sharni yorgandan keyin osadigan ipidan ushab 1-2 aylantirib o'ynab qaytib berdi :)

    p.s. Boshini bolalar bilan boshladigu, yelimli ipni ikkalasi ham ushagisi kemasdan manga o'ratishdi:)

    ОтветитьУдалить
  3. Makusha ajoyib akan koptokchalar! Albatta yasab ko'ramiz bizam! Maydaroq ipdan qilsa ham bo'larmikan buni?

    ОтветитьУдалить
  4. Dildora raxmat:)
    bo'lsa garak, lekin paxta ip yaxshiroq, qattiqroq bo'ladikan ;)

    ОтветитьУдалить