среда, 27 июля 2011 г.

Kapalaklar - Butterflies

Tatilda bolalar uyda zerikib qolishdimi? Ular bilan Kapalaklar yasang. Kun sayin yaqinlashib kelayotgan 12 oy sultoni Muqaddas Ramazon oyi bahona, bolalar bilan har hil narsalar yasab, ular honalarini chiroyli bezatish mumkin. Bezaklarni tayyorlash va uylarni bezash jarayonida esa ular bn kichkina Ramazon haqidagi suhbat ham olib borsa bo'ladi.
Demak bizga kerakli bo'lgan ish qurolari:
* qog'oz sochiq
* bo'yoqlar
*suv
* yumshoq sim 

4 idishda suv oldik va 4 rangli bo'yoqlarni ( siz hohlasangiz 1 yoki 2-3 rang ishlatishingiz mumkin) aralashtirib eritib oldik. Qog'oz sochiqdan 1 dona olib 8marta bukib

bukilgan qog'ozlarni 4 burchagini 4 hil rangli suvga botirib oldik.

Ochganimizda mana bunday ajoyibot hosil bo'lgan edi. Ularni batamom qurishi uchun ko'chaga (tagiga qog'oz 'wax paper' yoyib) yoyib qo'ydik

Qog'ozlar qurigach rasmdagidaka qilib kapalaklar yasab oldik. 

Antennalarini burab qo'yishni ham unutmadik :)
 
 
Endi navbat bezashga! 
Ba'zi Kapalaklarni bolalar devorga "qo'ndirib" qo'yishni, 
ba'zilarini "uchirishni" lozim topishdi:)



Ana endi shuncha mehnatlari samamralari bilan o'ynash payti keldi:)

Ularni ko'rib, o'zingiz ham shubhasiz bolalarcha quvonasiz! :)


2 комментария:

  1. a kak ti sdelala cvetochek?

    ОтветитьУдалить
  2. Cvetochki ochen' prosto sdelat'. Posmotri zdes':) http://imperfectlybeautifulms.blogspot.com/2009/07/how-to-make-tissue-paper-pom-poms.html

    ОтветитьУдалить