Kerakli masalliqlar:
- 226 gr. saryog' (hona haroratida)
- 1 stakan jigar rang shakar
- 2 tuxum
- 1choy qoshiq vanilla extrakti (man vanilla pastasi ishlatdim)
- 1,5 stakan un
- 2 choy qoshiq razrihlitel'
- 0,5 choy qoshiq tuz
- 0,5 choy qoshiq dolchin (Eng.- cinnamon, Рус. - корица)
- 3 stakan (260 gr.) suli (Eng. - oats, Рус. - овсянка )
- 0,5 stakan shokolad
- 0,5 stakan yong'oq
jigar rang shakar va yog'ni yumshoq va kremsifat bo'lguncha aralashtiramiz
bittadan tuxum qo'shamiz.
Har safar tuxum qo'shilgach yaxshilab, aralashtiramiz
vanilla ekstraktini (yoki vanilin poroshogi, vanilla pasta) qo'shamiz
Un, tuz, razrihlitel' qo'shib, bir hil massa bo'lguncha aralashtiramiz
Hamirga suli, yong'oq, shokolad bo'lakchalarini va dolchinni qo'shib....
aralashtiramiz
Tayyor hamirni 1 osh qoshiqdan listga orasini ochiq holda qo'yib chiqamiz
Barmoqlarimiz yordamida pzgina yoyamiz
va 15-18 daqiqa qizgan duhovkada pishirib olamiz,
yoki pechen'elar chetlari ochiq jigar rang tusga kirib,
ammo o'rtasi sal yumshoq holatda pechen'elar tayyor bo'lgan bo'ladi.
duhovkadan chiqqach, 2-3 daqiqadan so'ng pechen'elarni sovitish uchun olib qo'yamiz
Tayyor!!!
Yoqimli ishtaxa!
pishirib kurdim ajoyib chiqdi, oilamizdegi xammaga yoqdi, sog buling, Alloh sizdan rozi bulsin.
ОтветитьУдалить