Bu tortning muallifi ALIYAga o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman.
Krem uchun:
- 2 tuhum
- 1 stakan shakar
- 3 osh qoshiq un
- 3 stakan sut
- vanilin
- 3 osh qoshiq kakao
- 100 gr. saryog' (sl. maslo)
- 3 tuhum
- 1 stakan shakar
- 3 osh qoshiq asal
- 60 gr. saryog'(sl.maslo)
- 2 choy qoshiq razrihlitel'
- 3 osh qoshiq kakao
- olganicha un (tahminan 3,5-4 stakan un)
Glazur' :
- Shokolad 150 gr.
- 2-3 qoshiq o'simlik yog'i
Oldin krem tayyorlab olamiz(tort tayyor bo'lguncha sovib turishi uchun)
Tuhum, shakar, unni aralashtirib...
sutni qo'shib yaxshilab aralashtiriladi va ortacha olovga qo'yiladi.
Krem bo'tqadek quyilguncha(rasmdagidek) doimiy ravishda aralashtirib turiladi.
Kremni olovdan olib, issig'ida kakao qo'shiladi.
Yaxshilab aralashtirilib, ustini yopib(usti qotmasligi uchun), chetga olib qo'yiladi.
Hamirni tayyorlash uchun tuhum va shakar aralashtiriladi.
Aralashmaga yog', asal va razrihlitel'ni qo'shib...
past olovga qo'yib, yog' va asal erib, massa ko'pira boshlaguncha aralashtirib turiladi.
Aralashmaga kakao solinadi
Yaxshilab aralashtiriladi.
Massaga 3,5 stakan un solib hamir qoriladi, qolgan 0,5 stakan un sepilgan stolga hamirni olib...
yumshoq hamir qilinadi va 6 bo'lakka bo'linadi. (Hohlasangiz ko'proq bo'lakka bo'lishingiz mumkin.
Man 6 bo'lakni to'g'ri burchak shaklida pishirib olib, keyin ikkiga bo'ldim. Natijada 12 qavat bo'ldi)
Har bir bo'lakni to'g'ri burchak shaklida yoyib...
375F yoki 180C ga qizigan duhovkada 5-7 minut pishirib olinadi.
Mikser yordamida bir hil massa bo'lguncha yaxshilab aralashtiriladi.
Korjlarni har biri orasiga krem surib chiqilgach(eng ustidagi qatiga krem surilmaydi)..
suv bug'ida o'simlik yog'i bilan eritilgan shokoladli glazur quyiladi.
15-20 daqiqaga muzxonaga qo'yiladi.
15-20 daqiqadan keyin tort yeyishga tayyor. Kesganda shokoladi sinmaydi!
Yoqimli ishtaxa! :)
Korjlarni har biri orasiga krem surib chiqilgach(eng ustidagi qatiga krem surilmaydi)..
suv bug'ida o'simlik yog'i bilan eritilgan shokoladli glazur quyiladi.
15-20 daqiqaga muzxonaga qo'yiladi.
15-20 daqiqadan keyin tort yeyishga tayyor. Kesganda shokoladi sinmaydi!
Yoqimli ishtaxa! :)
Qo'shimcha: Tortni yumshoqqina turishi uchun qish kunlari honada ustini yopib, 2-3 kungacha saqlash mumkin.
Assalomu alaykum.Judayam yaxshi tort ekan,barakali,yumshoqqina ,kremi ham juda yaxshi bularakan.Rahmat,qullariz dard kurmasin.
ОтветитьУдалитьAlfiya
ОтветитьУдалитьsizga yoqqanidan hursandman:)
Juda zo'r tort ekan,hammaga yoqdi,hudo holosa bayram dasturhonida albatta bo'ladi!:)
ОтветитьУдалитьhttp://www.youtube.com/watch?v=w8tPDinwZIo&feature=related
ОтветитьУдалитьmana shu linkdagi shokolad texnikasiga qiziqib qoldim,lekin u sharoitida qilganda,shokoladni eritganizda shunaqa suyuq oquvchan bo'lmaydi,sababi nimada,yoki qanday ishlash kk shokolad bn,agar sizda biror fikr,javobiz bo'lsa qoldirsayiz hursand bo'lardim,tashakkur!
Munavvara
ОтветитьУдалитьshokoladni yaxshilab qoidasi bo`yicha eritsangiz shunaqa suyuq bo`ladi va hohlagan uzorlar yasash mumkin.
Mana bu yerga qarab ko`ringchi?
http://makush-bekajon.blogspot.com/2010/01/naqshli-shokoladlik-likobcha.html
Makushapa juda chiroyli chiqibdi,mazasini tasavvur qivomman,yumshoqqina bosa kk,inshaalloh qilib koraman,raxmat qadam ba qadam rasmlar bilan tushuntirganiz uchun!
ОтветитьУдалить