Masalliqlar:
1. 340 gr. gor'kiy shokolad
2. 113 gr. saryog`(tuzsiz)
3. 3ta tuxum
4. 1 stakan shakar
5. vanillin
6. 3/4 stakan un
7. 1 choy qoshiq razryhlitel' (yoki 0,5 qoshiq chaynaya soda)
8. 1/4 choy qoshiq tuz
Tayyorlanishi:
Tuxum bilan shakar yaxshilab aralashtiriladi
Tuxum bilan shakar yaxshilab aralashtiriladi
Shokolad va saryog' suv bug`ida yoki mikrovolnovkada eritiladi va biroz(sovishga) qo`yib qo`yiladi
birozdan(3-5 daqiqa) keyin tuhum bilan shakarlik aralashmaga qo`shiladi
aralashmaga vanillin, un, razryhlitel', tuz solib aralashtiramiz
va yog`langan kvadrat qolibga solib, 177 darajaga qizdirilgan duhovkaga o`rta qatorda qo`yib 40-50 daqiqa pishiramiz yoki, gugurt cho`pi quruq (1-2 ushog`i ili chiqsa ham tayyor hisoblanadi)chiqquncha pishiriladi. Tayyor bo`lganini hididan ham bilsa bo`ladi, shunaqa hidi chiqadi mmmmmm kecha pishirgan bo`sam haligacha uyimda hidi turibdi, pryam shokolad zavodni hidimi deysiz
Tayyor bo`lgandan keyin 10-15 minutga sovishga qo`yib keyin kvadrat shaklda bo`lib, choy ichamiz
10-15 minut kutgunimcha kallamga bir fikr keldi, ushbu brownielarni doira shaklida kesib, muffinlar qolipiga solib ustidan muzqaymoq qo`ydim va 30 minut muzlatkichga qo`ydim,
Muzqaymoqlik brownie hosil bo`ldi.! :)
Комментариев нет:
Отправить комментарий