Показаны сообщения с ярлыком Quyuq taomlar - Вторые блюда. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Quyuq taomlar - Вторые блюда. Показать все сообщения

пятница, 5 августа 2011 г.

Parhez baliq


Kerakli masalliqlar:
* Baliq (manda salmon balig'i)
* tuz
* qora murch
* 2-3 osh qoshiq zaytun yog'i

 Baliqni kattaroq bo'laklarga bo'lib, ta'bga ko'ra tuz va murch sepib

qizgan tavaga 2 osh qoshiq zaytun yog'i solib...

baliqni bir tomonini o'rta olovda qizartirib olamiz. Taxminan 5-6 minut.

Iloji boricha baliqni ustidan yengil  bosib turamiz. Bu judayam muhim!

Baliqlarimizni aylantirib ikkinchi tomoniniyam huddi shunday
(o'rta olovda, ustini bosib turgan holda 6-7 minut)
pisirib olamiz

Tez pishar, parhez balig'izmiz tayyor! Yoqimli ishtaxa!

Qo'shimcha: Biz baliqni ismaloq bilan tanavvul qilishni yoztiramiz. Ismaloqni 1-2 daqiqa qaynagan suvga solib olamiz va ozgina sarimsoq+zaytun yog'li aralashmada aralashtirib olamiz. Ta'bga ko'ra tuz va qora murch qo'shish mumkin. Yoqimli ishtaxa!

четверг, 28 июля 2011 г.

Chihanbil - Чиханбил

Chihanbil juda mazali asosoiysi oson tayyorlanadigan taomdir. Bu taomni tayyorlash uchun
kerakli masalliqlar:
* Tovuq 
* piyoz
*yog'
*tuz

1. Tovuqni mayda bo'laklarga bo'lib tuzlab olamiz

2. Qozonga ozroq yog' solib, baland olovda tovuq bo'laklarini yaxshilab suvi chiqib qizarguncha qovuramiz (rasm sal ertaroq olingan) va qopqog'ini yopib o'rta olovdan pastroqda dimlab qo'yamiz. 10 daqiqalarga suvi chiqadi

3. Suvi batamom ketgach, 3-4 dona to'g'ralgan piyoz qo'shib, aralashtirib,
yana 10-15 daqiqa piyozni seli chiqib, piyoz pishguncha dimlab qo'yamiz.


Tayyor! Yoqimli ishtaxa :)

Bu oson va o'zi pishar taomni
Iftorlik menyungizga kiritsangiz pushaymon bo'lmaysiz degan umiddaman:)


четверг, 24 февраля 2011 г.

Tovuqli say - Куриное филе с овощами


Bu taomni ihtiro qilishimga bolalarim sababchi bo`lishgan. Mol, qo'y go'shti bilan bir qatorda tovuq go'shtiniyam yedirish qiyin kechib qolmasdan, ovqatda goh bu narsasini, goh u narsasini yemasdan odamni qiynab yuborishardi. Bolalarni ovqatda yaxshi ko'rib yeydigan masalliqlari asosan sabzi bo'lgani uchun yoniga ozgina tovuq go'shti, bolgar qalampiri, piyoz va pomidor sousi qo'shganim bilan bolalarbop ovqat hosil bo'ldi. Bu podlivoni bizni bolalar Turkcha pilav bilan sevib iste'mol qilishadi.

Kerakli masalliqlar:
  • 1 dona tovuq ko'kragi
  • 1-2 dona sabzi (ta'bga ko'ra)
  • 1 dona piyoz (o'rtacha)
  • 1 dona sarimsoq
  • 2 dona bolgar qalampiri (qizil, sariq, yashil)
  • 100 ml tomat sousi
  • o'simlik yog'i 
  • tuz
  • murch
  • ziravorlar ta'bga ko'ra
yuvib, somoncha shaklida tog'rab tuzlangan tovuq ko'kragini

o'rtacha qizgan yog'da yengil qovuramiz

 somoncha shaklida to'g'ralgan sabziniyam qo'shib yengil qovuramiz

 piyoz va sarimsoqni qo'shib, piyozni seli chiqquncha qovirib...

bolgar qalampirini qo'shamiz (somoncha shaklida)

tomat sousini qo'shib, past olovda 20 minut dimlaymiz.
Iloji boricha sabzavotlarni shakli buzilmasligi uchun va taomga estetik did berish maqsadida, aralashtirmaslikka harakat qilamiz

Taom tayyor!
Taom yonida garnir sifatida turkcha pilav

 

kartoshka pyure, no'xat pyure va hakozolar bilan 
dasturhonga tortiq qilish mumkin.
Yoqimli ishtaxa!


вторник, 22 февраля 2011 г.

Turkcha pilav - Турецкий пилав


Turklarda pilavning bir qancha turi mavjud bo'lib, eng keng tarqalgan turi bu - "Şehriyeli Pilav"dir. Bu pilav ta'rifini 3-4 yil oldin, Turkiyadagi dugonam Guldan olganimdan juda hursand bo'lganman. Chunki kattalar bilan bir qatorda bolalarimning ham sevimli garniriga aylangan bu ajoyib taom ta'rifi uchun fursatdan foydalanib, Gulga oilam nomidan minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Aynan manashu taom tufayli Turk oshxonasiga qiziqishim yanada ortdi. Demak,
Kerakli masalliqlar:
  • 1/2 stakan Şehriye (guruchga o'xshagan maxsus makaron. eng. - Orzo pasta)
  • 1 cho'mich o'simlik yog'i
  • 2 stakan guruch
  • 3 stakan suv
  • tuz
qozoncha yoki kostrulkada qizgan yog'ga Şehriyeni solib..

aralashtirib turib qizartiramiz

guruchni qo'shib...

bir aralashtirib...

3 stakan suv va ta'bga ko'ra tuz solamiz

qaynab chiqqach olovni sal pasaytirib...

ochiq holda suvini qochiramiz (huddi oshni dimlashdan oldingi jarayoni kabi )

qopqog'ini yopib past olovda oldin 10 minut,
10 minutdan keyin qopqoqni ochib bir ag'darib, yana 10 minutga qo'yamiz.

Tayyor!!!


Bu taomni garnir sifatida - kotletlar bilan,

tovuqli podlivo bilan,

 Go'shtli rulet bilan garnir sifatida tavsiya qilgan bo'lardim.


Agar qo'l ostingizda Şehriye (orzo) bo'lmasa,
oddiy mayda vermeshel' ishlatish mumkin!!!
Yoqimli ishtaxa!!!

суббота, 27 ноября 2010 г.

Go'shtli rulet - Мясной рулет



 Kerakli masalliqlar:
  • 0,5 kg. qiyma
  • 100-150ml. Sut
  • 3 bo'lak toster non
  • 1 dona sabzi(mayda qirg'chdan chiqarilgan)
  • 1 dona katta piyoz(mayda qilib to'g'ralgan)
  • 1 osh qoshiq mayonez
  • 1 bog' ko'kat
  • Qora murch
  • Tuz
  • 3 tuxum 
  • Yog'

 Qiyma, to'g'ralgan piyoz, mayda qurg'ichdan o'tkazilgan sabzi, mayonez, sutda bo'ktirilgan non, mayda to'g'ralgan ko'kat, ta'bga ko'ra tuz va murch qo'shilib, hammasi yaxshilab, qo'lda 10-15 minut (kamida) aralashtiriladi.
 3 tuxumni ta'bga ko'ra tuz va qora murch qo'shib aralashtirib, 2 osh qoshig'ini alohida ruletni ustiga surish uchun olib qo'yib, qolganini...
 ozgina yog'da qovurib olamiz.
 Qiymani plenka(pishevaya) ustiga bir tekis qilib yoyib, bir chetiga qovurib, to'g'largan tuxum (va hohishga ko'ra yirik qalamcha qilib to'g'ralgan pishloq)ni qoyib...
 plenka yordamida bir tekisda siqib, rulet qilib o'rab olamiz.
 Go'shtli ruletimizni yoglangan fol'gaga qo'yib, ustiga quymoqdan olib qolgan tuxumni surib, 380F(190C) da qizgan duhovka o'rta qatorida 30-40 minut pishirib olamiz.
 Yoqimli ishtaxa!!!


Kadi(Qovoq) go'mma - Чебуреки с тыквой

nachinkani tayyorlanisi huddi Qovoq barakniki kabi faqat, tuxum qo'shilmaydi.

1. Oddiy osh hamir tayyorlab, undan o'rtacha(yong'oqday) zuvalachalar yasab, yoyib olganimizdan keyin bukib, hamir o'rtasiga chiziq tushirib olamiz va chiziqni bir qismiga yupqaroq qilib qiyma suramiz.







2. Hamirni ikkinchi tomoni yopib, bir tomondan ikkinchi tomonga qarab chetini bosib, yopishtirib ikkinchi tomon burchakka 1chi tomonda ichidagi havosini chikarib kelib yopishtiramiz(Ichida havo kolsa go'mmalar yog'da yorilib, ichini seli chiqadi. Natijada yog'ni ham go'mmalarni ham sifati yomonlashadi.)




3. O'rtacha qizgan yog'da go'mmalarni ikki tomonini ham qizartirib olamiz




Yoqimli ishtaxa!!!