Показаны сообщения с ярлыком Salatlar - Салаты - Salads. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Salatlar - Салаты - Salads. Показать все сообщения

четверг, 4 сентября 2014 г.

No'xatli salat - Cheek pea salad



Masalliqlar:

  • 400-425 gr. qaynatilgan no'xat (yoki no'xat konservasi)
  • 1 dona oq piyoz
  • 3 dona katta pomidor
  • 2 dona bodring
  • 1 dona qizil bolg'ori
  • 1 dona yashil bolg'ori
  • 1 bog' ukrop va kinza
  • tuz, qora murch, ezilgan qizil qalampir (ta'bga ko'ra)

Idishga qaynatilgan no'xatni soling
hamma masalliqlarni mayda to'rtburchak shaklida to'grab oling
Ko'katlarni ham to'g'rab, tuz, murch, qalampirni qo'shib aralashtiring



Vaqtingiz bo'lsa 15 minutcha sovutgichda qo'ying.
Masalliqlar bir-biri bilan yaxshilab "tanishib" oladilar va salat mazasiga maza qo'shishadi :)
Yoqimli ishtaxa!

 


вторник, 23 августа 2011 г.

Lavlagili qavatli salat - Layered beetroot salad


Kerakli masalliqlar:
* 2 dona kartoshka (qaynatilgan)
* 2 dona sabzi (qaynatilgan)
* 4 dona tuhum (qaynatilgan)
* 2-3 dona tuzlangan bodring
* 1 dona kattaroq olma
* 2 dona o'rtacha lavlagi (qaynatilgan yoki parlangan)
* mayoznez yoki smetana
(smetana ishlatilsa unga + tuz v limon soki qo'shgan ma'qul)
* bezak uchun anor va ko'katlar (hohishga qarab)


Ingridients:
* 2 potatoes (boiled)
* 2 carrots (boiled)
* 4 eggs (boiled)
* 2-3 pickles 
* 1 big apple
* 2 small beetroots(boiled or steamed)
* mayonnaise or sour-cream(+salt & lemon juice)
* pomegranates and greens (optional)
 Ushbu bosqichda tahlab chiqiladi. Eng ohirgi qavatiga lavlagi qo'yilib, hohishga qarab bezatish mumkin.
Layer as shown and decorate as you like
1 - mayda qirg'ichdan o'tkazilgan kartoshka
1- grated potatoes
Mayonnaise
2 - mayda qirg'ichdan o'tkazilgan sabzi
2- grated carrots
3 - mayda to'g'ralgan bodring
3 - chopped pickles
4 - mayda qirg'ichdan o'tkazilgan tuhum
4- grated eggs

5 - mayda qirg'ichdan o'tkazilgan olma
5 - grated apple
ohirgi qavatiga mayda qirg'ichdan o'tkazilgan lavlagi
last layer is grated beetroot

va hohishga qarab anor bilan bezatiladi
and decorate with pomegranate and greens

вторник, 29 марта 2011 г.

Sabzavotli salat - Салат овощной - Vegetable salad



Kerakli masalliqlar:
  • 2 stakan to'g'ralgan karam
  • 1 dona pomidor(to'g'ralgan)
  • 1 dona sabzi (mayda to'g'ralgan)
  • 1/2 choy qoshiq tuz
  • 1/2 bo'lak sarimsoq 
  • murch
  • ko'katlar
  • zaytun yog'i 2 osh qoshiq
  Ingredients:
  • 1 cup of shredded cabbage
  • 1 tomato (sliced)
  • 1 carrot (shredded)
  • 1/2 t.spoon of salt
  • 1/2 clove of garlic
  • pinch of black pepper
  • pinch of dill
  • 2 tb.spoon olive oil
To'g'ralgan karamni tuz bilan g'imjib...
Put some salt on the cabbage and mix by the hand...

mayda to'g'ralgan sarimsoq, ko'kat, sabzi, pomidor va zaytun yogini qo'shib yengil aralashtiramiz.
add the rest of ingredients (tomato, dill, carrot, finely chopped garlic and olive oil )  and mix.

Tayyor!!!
Ready to serve



понедельник, 7 марта 2011 г.

Mevali salat - Фруктовый салат


Kundalik ovqatlanish rejamizda albatta mevalar ham o'rin oladi. Mevalarni har birini alohida yeb chiqaman desam to'g'risi qornimga sig'may qoladi))). Shuning uchun ko'pincha hammasini aralashtirib Mevali salat qilib yeyishni oilam bilan hush ko'ramiz. O'zingizga yoqqan mevalar yig'indisidan, chiroyli salat tayyorlash mumkin. Tanlagan mevalaringiz orasida citrus mevalar bo'lishiga ahamiyat qarating. Chunki ular vitamin C ga boy bo'lib, organizmni tabiiy immunitet bilan ta'minlab beradi. 
Yuqoridagi salat, eng osoni va likopchasiyam tayyor salatlardan biri Anannasli salat.
Aynan shu salat uchun bizga:
  • Yaxshi pishgan ananas* 1 dona
  • Kivi 2 dona
  • Apel'sin yoki mandarin 1-2 dona
  • Banan 1 dona
  • Nok 1 dona
  • Olma 1-2 dona
  • Anor 0,5-1 dona (bezak uchun)
Ananasni 2ga bo'lib, ichini oyib olib, kvadrat shaklida to'g'raladi. Qolgan mevalar ham shu shaklda to'g'ralib, ananas po'stidan hosil bo'lgan likopchaga solib, dasturhonga tortiladi. Oddiy lekin original salt tayyor!!!
Yoqimli ishtaxa!

* Ananasni yaxshi pishganini rangidan va hididan bilish mumkin. Rangi sariq bo'lib,  honada yoqimli hid taratib turadi. Yana ananasni barglarini astagina tortib ko'rganda osonlikcha uzilsa, yeyishga tayor hisoblanadi. Yashil va barglari qiyin uziladigan ananas hali hom hisoblanadi. Ananas hom yeyilsa tilni yara qilishi mumkin.

понедельник, 8 ноября 2010 г.

Brokoli salat - Салат из брокколи


Bu salat uchun Brokoli karamini kichkina shohchalarga ajratib, ustiga qaynoq suv solib, 5-10 sekunddan keyin suv to`kib tashlanadi va brokoli yoniga to'g'ralgan bolgar qalampirini qo'shib, tuz sepib, zaytun yog'i bilan aralashtiriladi. Salat tayyor.

For this easy and yummy salad you need scald fresh broccoli florets for 5-10 seconds and add some sliced green peppers, olive oil and salt. Mix well. 
That's it!!! Salad is ready :)

Vitaminlarga boy salat - Витаминный салат

 Bu salat judayam vitaminlarga boyligi bilan birgalaikda judayam to'yimli salat.
Masalliqlar:
  • Pomidor
  • Bodring
  • Rediska
  • Gulkaram
  • Brokoli
  • Ko'katlar
  • Tuz
  • Zaytun yog'i
Gulkaram bilan Brokolli karamini maydalab to'g'rab, ustiga qaynoq suv solib 5-10 sekundda to'kib tashlanadi.
Pomidor, bodring, rediska, ko`katlarni to'g'rab, gulkaram va brokolli karamini qo'shib, zaytun yog' bilan aralashtiramiz.



среда, 16 сентября 2009 г.

Baqlajon salat

 
Kerakli masalliqlar:

  • 1 dona katta Baqlajon(uzunasiga kesilib qovurib olingan)
  • 2 dona sarimsoq
  • 1 dona sabzi
  • 1 dona pomidor
  • 1dona piyoz (o'rtacha)
  • 1dona bolgar qalampiri(manda yarim katta bo'lgani uchun)
  • ko'katlar
  • tuz
  • qora murch
 
Tayyorlanishi:
 1. Baqlajon, pomidor, piyoz, bolgar qalmpiri katta somoncha qilib to'g'raymiz. 
Sabzini koreys qirg'ichida randalaymiz yoki qo'lda o'zimiz mayda uzun qilib to'g'rab olamiz. 
Ko'katlarni mayda to'g'raymiz.
2. Sabziga tuz va murchni solib yaxshilab ezamiz.
3. Mana bunday me'yorga yetguncha
4. Qolgan masalliqlarniyam sabziga qo'shib, ozgina sirka solamiz 
va yengil aralashtiramiz

5. 45 minut - 1 soatcha muzlatkichga qo'yamiz va ochiq ishtaxa! :)