Показаны сообщения с ярлыком Jajji malikalar soch turmaklari. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Jajji malikalar soch turmaklari. Показать все сообщения

четверг, 11 августа 2011 г.

Chiroyli soch turmagi



Navbatdagi soch turmagini qilish uchun oldin soch oldi qismidan
5 dona kichkina hvostiklar qilib olamiz

2-qatorda 4 dona

1-qator bilan 2-qatorni birlashtiramiz. 1-qatordagi 1-hvostik va 2-hvostikni yarmi bilan 2-qatordagi birinchi hvostikni 1ta hvostik qilamiz
  

keyin 1-qator 2-3hvostiklar yarmi bilan 2-qator 2-hvostik birlashtiriladi.

Ushbu yo'nalishda 2-qatorni tugatamiz. 4 ta hvostik hosil bo'ladi.

Huddi shu yo'nalishda 3-qatorni tugatamiz.

3ta hvostik hosil bo'ladi .

keyin 2 hvostik
keyin 1 hvostik

Hohlasangiz shu turishida qoldirsangiz ham bo'ladi. 
Xozir havo issiq bo'lgani uchun, biz qolganini yig'ib, o'rib oldik:)

Bu usuldagi soch turmagini har hil ko'rinishda qilish mumkin
1-2yil oldingi rasmlardan


Marhamat sinab ko'ring!
Yoqsa rasm bilan ulashsangiz,
ushbu postga sizning ham rasmingizni avtorlik huquqingiz himoyalangan holda qo'shib qo'yaman :)


вторник, 2 августа 2011 г.

Oson soch turmagi - Simple hairdo for girls

Men kabi yana qanchadan qancha onalar malikalarini sochlarini nima qilishni o'ylanishsa kerak. Shu tufayli, ayrim kundalik va bayromona soch turmaklarimiz bilan yangi  Jajji Malikalar soch turmaklari (Hairdos for little Princesses) bo'limida ulashib boraman. Bugungi soch turmagimiz, judayam oddiy bo'lib, kundalik hayotda, ertalab maktabga shohsayotgan qizingizga 5 daqiqada chiroyli va asosiysi qulay soch turmagi qilib berishingiz mumkin.

2 hvostik qilib

rezinka ustidan taroqni orqa tarafi yoki barmoq bilan o'rta belgilanib

belgilangan joydan hvostikni yuqoridan pastga qarab o'tkazib olamiz


Tayyor!
Bu soch turmagini qizimga yoqadigan qulaylik tomoni, yugurganida silkinib halaqit bermas ekan :)