Показаны сообщения с ярлыком Mastika bilan bezalgan tortlar - Украшение мастикой. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Mastika bilan bezalgan tortlar - Украшение мастикой. Показать все сообщения

воскресенье, 13 марта 2011 г.

Qo'l soati - Наручные часы


Bu tort sovg'a sifatida tayyorlandi. Sovg'a qutisida qo'l soati.
Agar siz ham shu g'oya asosida tort qilish niyatida bo'lsangiz kamida 3 kun oldndan harakatni boshlashingizni maslahat berardim. Biroz fantaziya va mastika bilan ishlash qobiliyati bo'lsa bo'ldi. Mastika bilan ishlashni, bolaligimizda plastilinlardan nimalar yasardik, qanday qilib yasardik, shularni esga tushurish uchun, bolalarimiz bilan plastilinlardan u bu narsa yasab, "trenirovka" qilishimiz mumkin :)
Oldindan iste'mol bo'yoqlari va mo'yqalamlarni tayyorlab qo'yamiz. 

Hohlasangiz siz mastikaga rang qo'shib rang chiqarishiz mumkin, 
man oldindan soat va kamarini, quti chetlarini yasab, 1 kun honada quritib bo'yab oldim. Buning uchun 1-2 osh qoshiq suvga hohlagan rangni chiqarish uchun bo`yoq qo`shib, mo`yqalam yordamida bo`yab, quritib olamiz.

Tort taqdim qilinadigan kundan 1 kun oldin to'g'ri burchakli qolibda Nafis shokoladli tort pishirib,
(siz  hohlagan tortingizni asos qilib olishingiz mumkin) kvadrat shaklida kesib, kakao qo'shilgan qaymoqli krem bn kremlab, yonidan kesib olingan to'g'ri burchakni kvadrat ustiga qo'yib, ustiga oddiy qaymoqli krem suramiz (chunki, ustiga oq mastika yopilganda, mastika tagidan boshqa rang hunuk ko'rinadi).

 Holodilnikka qo'yib, ustidagi krem qotgach, quti chetlari uchun oldindan  kesib, quritib, bo'yab yana quritib qo'ygan to'g'ri burchaklarni, tortimiz yonlariga yopishtirib, yaxshiroq qotib yopishishi uchun holodil'nikka qo'yamiz. Shungacha rang qo'shilmagan mastikani krahmal yordamida yupqa yoyib olamiz va tort ustiga tekislamasdan yopamiz. 
Uni ustiga tayyor soatni qo'yib qo'yamiz.
Agar g'oya asqotib, yaxshi kunlaringizda dasturhoningiz bezagi bo'lishiga umid qilib
Bekajon:)


O'xshash mavzular:

   

понедельник, 31 января 2011 г.

Fiesta mavzusidagi tort - Торт в теме Фиеста

Bu tort Fiesta (-Meksika bayramlaridan biri) temasida 1yoshli bolaga atab pishirildi. Tort 1 yoshli bolakayga bo'lgani uchun qanaqa bezashga rosa kalla qotdi.
 
Odatdagiday Muzqaymoq tortni kremlab, ustini gulli selikon mat (mastikda o'z izini qoldirib, huddi mastika ustidan chizib chiqilganday ko'rinish hosil qiladi) yordamida yoyilgan molochnaya mastika bilan qoplaginimizdan keyin ,

Tort ustini kecha uchun tayyorlangan taklifnoma bilan bir hil ko`rinishda qilishni hohladim. Taklifnomada huddi shunday konfetlar, qalpoqcha kiyib o'tirgan bolakayning rasmi va ehsak Pinata bor edi. Shularni hammasini jamlab, bolalarona qilib kesilgan harflardan bayram qahramoni ismi, konfetlar va albatta Pinata va bayram qalpoqchasi yasab qo'ydim.


Yon atroflariga Meksikaning ramzi yoki Meksika deganda ko'z oldimizda namoyon bo'ladigan chili qalampirlariyu kaktuslar bn bezashni o'yladim.
  Jelatinovaya mastikadan yasalgan kaktus va chili qalampirlarini tort chetlariga mo'yqalam (kistochka) yordamida ozgina suv surtib, yopishtirib chiqdim.
Tortdagi bezaklar 100% yeyiladigan bo'lgani uchun Pinataniyam asl ko'rinishda chiqarish ancha murakkab kechdi. Eng ko'p vaqt ham aynan Pinatani yasashga ketdi. oldin mastikadan yasab olingan "Eshshak" qurigach, ustidagi shokilda sifat "qog'oz" yasashga kirishildi. Buning uchun o'rama konfet

dan eniga 5mm lik tasmlara kesib chiqdim, va tasmalarni chetlarini qirqib chiqib, Eshakning oyog'idan yuqoriga qarab yopishtirib chiqdim.

Manashunaqa qilib tortning eng ko'p vaqtini olish bilan bir qatorda, mehmonlarning ham eng ko'p e'tiborini olib, tasannolar eshittirgan Pinata xosil bo'ldi!
G'oya kimgadir asqotsa, bag'oyat hursand bo'lardim:)


суббота, 22 января 2011 г.

Manchester United formasi - форма Манчестер Юнайтед



Bu tortni Millionlar o'yini - futbol va aynan Angliyaning Manchester United klubi ashaddiy fanatlari uchun, ushbu klub futbol jamoasi formasiga o'xshatishga harakat qildim.


MU logosiniyam astoydil o'xshatishga harakat qildim.
lekin bezak ishlari tunda bo'lganligi uchunmi, uyqusirab yaxshi chiqarolmadim.
Lekin bu narsa ta'mga aslo ta'sir qilmadi :) Tort egasiga kutganimdan ham ziyoda yoqdi!!!
Demak maqsadga erishildi!
Biskvit har doimgiday Muzqaymoq tort
Krem qaymoq va quyultirilgan sut (сгущеное молоко)

G'oya qaysidir yaqinlaringizni hursand qilishga yordam bersa ajabmas.
Torni istagan jamoa formasi ko'rinishida bezatishingiz mumkin.

среда, 19 января 2011 г.

Tort Nilufar / LILY



Bu tortni qoplashga va ustidagi nilufar gulni yasash uchun molochnaya mastika ishlatilgan. 


Tayor mastikaga 2-3 tomchi havo rang iste'mol bo'yog'i (пищевой краситель) qo'shilishi natijasida shunaqa Feruza rang hosil bo'ladi. Mastikaning o'zini rangi sarg'ish ya'ni, krem rangida (кремовый цвет) bo'lgnligi uchun ham havo rangli bo'yoq bilan sariq aralashsa feruza rang chiqadi.

Biskvit: "Muzqaymoq tort"
Krem:   "Qaymoqli krem"