Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor...
(Muhammad Yusuf)
Bugun yana 14-Aprel'. Otajonim fanoiy dunyoni tark etganlariga 4 yil bo'libdi. Otajonim haqida qancha yozsam ham kam! Oldingi Otam xotiralariga bag'ishlab yozganlarimda aytib o'tganimdek, deyarli har kuni Otajonimni eslashib, gapirib turamiz. Ularni taniydigan kimni ko'rsak, haqlarida nimadir gapirib berishadi. Shuning uchun bugun do'stlarim, yaqinlarim va qolaversa Blog o'quvchilaridan tushgan takliflarga ko'ra, ushbu Blogda Otajonim xotiralariga bag'ishlangan bir debocha ochishni va ular haqida yozib borishni niyat qildim. Debochada asosan Otamning do'stlari, ularni bevosita tanigan, gaplashgan insonlar bilan bo'lgan muloqotlarda Otajonim haqidagi yodnomalar aks etadi.
Bugungi, birinchi yodnomani Otam - Xorazm viloyati teleradiokompaniyasida birinchi suhandonlardan bo'lib ishlagan davrlari haqida yozishni niyat qildim. Ularni teleradiokompaniyada suhandonlik qilib ishlaganliklarini o'zim shaxsan eslamayman. Faqat rasmlarini ko'rganman, o'zlaridan, Onajonimdan va boshqalardan eshitganman holos.
Esimni taniganimdan beri ularni, Xorazm Viloyati Xokimligi, Madaniyat ishlari boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab, shu yerdan nafaqaga chiqqanlarini bilaman. Mendan boshqa 6 opa-singillarimning har birimizda, Otamning qaysidir hislatlari namoyon. Ayniqsa, topshirilgan ma'suliyatni his qilish, ishonchni jon jahdimiz bilan oqlashga bo'lgan intilishimizni yaqqol isbotini yaqin dugonamning Onalari Shirin opadan eshitganlarimda topdim. Shirin opa talabalik davrlarida boshqa talabalar bilan birga, qaysidir yutuqlari uchun Xorazm Televideniesiga taklif qilingan. 18-19 yoshlaridagi uyatchanggina, kamera bilan 1-marta tanishayotgan, boz ustiga Rusiyzabon o'zbek qizi Shirin opaga, O'zbek tilada naqd 1 betlik nutq o'qib berish topshirilgan. Ularni esa, intonaciya bilan, imkon qadar so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgatib, 1 soatdan keyingi jonli efir(pryamaya translyaciya)ga tayyorlash esa Otam zimmalariga yuklatilgan. Otam Shirin opaga sof O'zbek tilida 1 betlik nutq yodlatguncha judayam qiynalib ketsalarda, qayta-qayta, takror va takror o'rgatavergan ekanlar. Efir tugagach, kamera orqasidan Otam chiqib, Shirin opani tabriklayotib "O'zim 1-marta TVga chiqqanimda ham, bunchalik hayajonlanmaganman." degan ekanlar. Shirin opa Otam haqida, ularga berilgan topshiriqni ma'suliyat bilan bajarganliklarini, Shirin opadan keyin ularni hamma tabriklab: "Shu o'ris qizniyam(xazllashib) O'zbekcha gapirtirdingiz, ofarin!" deb olqishlashganliklari haqida gapirardilar, men esa ko'zimning oldidan oq-qora kadrlarda, bir-bir o'tayotgan kino tasmalarday shu damni tasavvur qilardim. Otamning yosh vaqtlarini, ko'rgan rasmlarimdagi Otamni shu kadrlar orasiga muhrlab, tasavvur qilardim.

Harqatda, qo'shnilarim, maktabdagi o'qituvchilarimning aytishlariga qaraganda Otam televizorga chiqqanlarida, hamma ishini tashlab, Televizor oldiga o'tirisharkan. "Otangni sehrli ovozlari bor edi". "She'rlarni judayam chiroyli o'qrdilar" degan iboralarni hayotim maboynida judayam ko'p eshitganman. Qisqagina payt suhandonlik qilib, Otajonim ko'pchilikni qalbini zabt etishga ulgurgan ekanlar. Chiroyli she'r o'qishlarini o'zim ham yaxshi eslayman. Adabiyot darsidan berilgan she'r va g'azallarni yodlab o'tirsam, ba'zan vaqtlari kam bo'lsada bizga o'qitib ko'rardilar. O'zlari ham onda-sonda she'r yozib turganliklari uchunmi, yodlayotgan she'rimizda qaeriga urg'u berishni, sodda-sodda qilib aytishni, asosiysi his qilib o'qilgan she'r yaxshi chiqishini aytardilar.
Oh Otam-a, Otam! 7 qizini 70 o'g'ilga almashmaydigan Otam! Bizlarni hech injitmagan, Og'lim yo'q deb nolimagan, Onamga ozor bermagan Jannatiy Otam! Allohim sizni o'zi rahmatiga olgan bo'lsin! Qabringizni Qur'on nurlari bilan yorug' qilib, Jannat bog'laridan bir bog'cha qilib qo'ysin! Omin.

Hayronamiz farzandlar bu dam
Bu dunyoni tark etdi
dadam
Bag’ringizga bosing, qo’yvormang
Bu dunyoda dadasi borlar.
Dadalar ko’p dardni ichga yutib,
O’tirarkan farzandin kutib.
Farzand ketar ba’zan unutib,
Yo’q yumushning etagin tutib.
(Valijon Shamsiev)
Комментариев нет:
Отправить комментарий