Assalomu alaykum!
Vaqtni o'tishini qarang. Ko'z ochib yumgunimcha o'g'limiz bir pastda 8 yosh bo'libdi! Agar o'g'lingiz bo'lsa, bir kuni u albatta Spiderman tort, kostyum, o'yinchog'i yoki yana bir nimalarini sizdan olib berishni yoki, yasab berishni iltimos qilsa ajabmas :)
O'g'lim uchun mening syurprizim Spiderman tort va uy bezaklari bo'ldi.
Tortni tayyorlanishini qadam baqadam rasmga ola olmaganim uchun oldiniga Blogga qo'ymoqchi emasdim. Lekin keyinchalik, kimgadir g'oya asqotib qolar degan umidda qo'yishga qaror qildim.
Tortni asosi uchun Nafis shokoladlik tortni tanladim. Ustini Ganash bilan tekisladim. Hudo hohlasa, Ganash haqida yaqin kunlarda alohida mavzu yarataman. Shungacha yozma receptdan foydalanib turishingiz mumkin. (Savollar bo`lsa, bemalol izohlarda qoldirisingiz mumkin).
Ganash:
- 250 gr shokolad
- 250 ml.qaymoq
Hullas tortimizni Ganash bn tekislaganimizdan so'ng, sovitgichga qo'yib qo'yamiz va Mastikadan bezaklarimizni taryyorlab olamiz.
Spidermanni o'zini 2 kun oldin yasab qurishga qo'yib qo'ydim. Qo'llari, kallasi va beldan yuqori qismlarini alohida yasab olib keyin, tish kovlagich bilan birlashtirdim. Mastikadan figuralar yasashga ustamasman. Agar u bu joyi qiyshiqroq va noto'g'ri bo`lsa, aybga buyurmaysiz :)
Spiderman o'tirgan ko'k rangli doira uchun, oq mastikaga ko'k rang(geleviy kraska - AmeriColor, 134 Navy Blue)dan 2-3 tomchi qo'shdim. Ataylab, ko'p mushlamadim, chunki, mramarniy effekt bermoqchi bo'ldim, lekin baribir istaganimday bo'lmadi.
Doirani tort qolipimdan 1 sm cha kichkinaroq boshqa qolib yordamida kesib oldim va tort ustiga qo'ydim. Shu joyida xato qilibman. Vaqtim kamligi uchun shoshqoloqlik qildim. Keib olgan doirani shu zaxoti qo'ymasdan, balki 1 soatlardan keyin, mastikali doira ozgina qurigach qo'ysam, tekkisroq chiqardi. Ha mayli, keyingi gal ;)
Tort yonlariga hohlagan rangli mastikadan "uy"lar qo'yamiz. Hohishga qarab u bu joylariga, to'rlar qilamiz :)
Endi uy bezaklariga o'tsak: Uy bezaklari uchun Spiderman mavzusidagi 1-2 Print qiladigan saytlardan rasmlar saqlab olib print qildim. Afsuski saytlar adreslarini saqlab qo`ymagan ekanman. Saytlarda tekin Print qilishga ruhsat berilgani uchun, Blogimda rasmlar bn ulashsam sayt egalari hafa bo`lishmasa kerak...
1. Tug'ilgan kun egasini ismini yozish uchun bayroqchalar.
2. Salfetka bog'ichi
3. Ichimlik ichishga mo'ljallangan trubka bezaklari
4. Suv, sok hullas ichimlik shishalari etiketkasi
Manimcha hammasini yozdim. Bezaklar rasmlarini sichqoncha yordamida bossangiz, katta hajmda va bemalol yuqori sifatda saqlab olishingiz mukin. Savollar bo'lsa bemalol, tortinmasdan, izoxlarda qoldiring. imkon qadar javob berishga harakat qilaman.
Yaxshi kunlarda uchrashguncha :)
Комментариев нет:
Отправить комментарий