пятница, 19 августа 2011 г.

Olho'ri djem - Plum jam

Kecha olho'ridan uy sharoitida djem qildim. Tarkibida hech qanday jelatin va suv yo'q bo'lgan, tabiiy ta'mga ega djem. O'zbekistonda ayni shu paytda har yili bog'imizdan terilgan olho'ri, o'rik va shaftolilardan shunaqa djemlar qilardik. Bizni oilada juda shirin murabbolar yeyilmaydi va bolalarga ham kattalargayam qulay bo'lishi uchun shunaqa (go'st maydalagich yoki blenderda maydalangan holda) murabbo yoki djem qilardik. Bu djemning hammaga shu o'rinda o'zimgayam yoqadigan taraflari shundaki, shakar murabboga nisbatan 2 barobar kam ishlatiladi va muhimi oshxonada kun bo'yi yurmaysiz judayam oson va tez tayyorlanadi.
Nimalar kerak?
* olho'ri (hohishga qarab)
* shakar (maydalangan har 2 stakan olho'ri uchun 1 stakan shakar)
* parlangan banka va qopqoqlar
* chuqurroq kostrulka yoki qozon
* Go'st maydalagich(Myasorubka) yoki blender
* 40-50 minut vaqt

Tayyorlanishi:
Oldin olho'rini yuvib, danakidan jratib olamiz

blenderda yoki go'sht maydalagichda maydalab olamiz

rangidan qo'rqmang :) qaynaganda shunaqa chiroyli rangga kiradiki...

shakarni qo'shib...(rasmda maydalangan 4 stakan olho'ri va 2 stakan shakar)

baland olovga qo'yib, shakari erib qaynaguncha aralashtirib turamiz, 
qaynay boshlaga zaxotiyoq rangi o'zgarib borayotganini sezasiz

o'rta olovda 10 minut qaynagandan so'nggi ko'rinish

shu orada bankalarni parlab olish mumkin 
(har bir banka o'rtacha 2-3 minut parlanadi)



20 minut qaynagandan keyin ...
tayyor!

parlangan bankalarni to'ldirib...

qopqog'ini mahkam yopib, bankalarni sovuguncha teskari aylantirib qo'yamiz

Man ishlatilgan bankalar qo'llaganim uchun o'zimga etiket yasab oldim :)

Yoqimli ishtaxa!

1 комментарий: