среда, 25 ноября 2009 г.

GO'MMA (Varaqi, Cheburek)



kerakli masalliqlar:
*sut 1stakan + tuz

*400gramm qiyma
*1 piyoz(yoki mayda to'g'ralgandan keyin qiymaning 1/3 qismini tashkil qilishi kerak)
*tuz
*murch

Tayyorlanishi:
1. Sutga ozgina tuz solib o'rtacha yumshoqlikda hamir qoramiz va 15-20 daqiqacha tindirib qo`yamiz.
Hamir tinguncha nachinka tayyorlaymiz.



 2. 1ta(kattaroq) piyozni mayda to`g`raymiz.




3. Kattaroq idishga qiyma, piyoz(piyoz qiymani 1/3 qismini tashkil qilishi kerak), tuz, murch va 1/4 stakan suv solib yaxshilab aralashtiramiz.


4. Xamirimizni yong`oq kattaligida zuvalachalarga bo'lib chiqamiz.





5. Xar bir zuvalachani kaftimiz kattaligidan sal kattaroq yoki piyoladan sal kattaroq qilib yoyamiz.
va xar bir yoyilgan zuvalachani yarmiga 1 qoshiqdan qiyma solib, qiymani bir tekisda yoyamiz





6. Xamirni ikkinchi yarmi bilan usti qoplab bukiladi. Bukishdan oldin hamirni ikkinchi yarmini qiymaga sal tegizib olamiz(go'mma yaxshi bukilishi uchun va yog'da qovurilganda chetlari ochilib ketib seli oqib tushmasligi uchun)va o'ng tomonidan chap tomon yo`nalishiga qarab ichidagi ortiqcha havoni chiqarib yaxshilab yopishtiramiz

7. Chetlari naqshli bo'lsin desangiz maxsus keskich yordamida kesib hamirni uvol qilishga xojat yo'q. Buni qo'l bilan ham mana bunday qilsa bo'ladi.     .

8. Bukilgan go'mmalarni, o'rtacha olovda qizgan yog'ga solib birinchi tarafi qizarguncha qovuramiz.



9. Go'mmalarni aylantirib ikkinchi tarafiniyam qizarguncha qovuramiz.


 


10. Idishimizga solib, dasturhonga tortamiz. Yoqimli ishtaxa!!!




Kickina maslahat: Go'mmalarni dasturhonga tortish oldidan pishirib issig'ida tortgan yaxshi va ustiga ko`p qoymang! Dimiqib, chiroyini yo'qotadi. Go'mmalar issg'ida shirin va chiroyli ko`rinadi. Yoqimli ishtaxa!!!

6 комментариев:

  1. Assalom aleykum Makush opa, gummalarni cheti(yoni) ham yumshoq chiqishi uchun nima qilish kerak? bugun qilgandim urtasi yumshog'u, yonlari qotib chiqdi. oldindan raxmat!

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Walaykum assalom
      demak, siz yetarlicha issiqlikda pishirmagan ko`rinasiz. Gaz o'rtacha bo'lishi kerak, ichidagi qiymasi pishmay qoladi deb qo'rqish erakmas. O'rtacha olovda tez-tez pishirib olsa chetiyam 5 minutlaga yumshab qoldi ;)

      p.s. judayam kech javob uchun uzr

      Удалить
  2. Здравствуйте, Makush, спасибо за рецепты, можно вас попросить сбросить рецепт этого теста на русском мне на почту dianapolyanskaya@mail.ru .Заранее большое спасибо

    ОтветитьУдалить
  3. Assalomu alayum. aynan sh varaqilarni rosa izlagan edim.Rahmat topib bugunoq qilaman inshaalloh. Rahmat sizga Makushahon qulingiz dard kurmasin!!!

    ОтветитьУдалить
  4. Makusha opajon bugun varaqini qildim juda mazali chiqdi lekin kurinishi sizdeka chiqmadi :(. Xamirni qalinroq yoyganimga sizdeka usti dumaloq dumaloq bulmadimi? keyin yana bir savolcha ozgina xamir qoldi shundan nima qilsa buladi? Rahmat sizga bollarim ham mazza qilib yeyishdi.

    ОтветитьУдалить
  5. Mmm juda mazali korinadi rahmat albatta pishirib koraman baraka topin

    ОтветитьУдалить