четверг, 17 сентября 2009 г.

Mastikadan Spiderman.

 1. Tortni spiderman shaklida bezatish uchun, tortni krem bilan qoplab bo'lgandan keyin,
tayyor mastika ning 1/3 qismiga qizil rang qo'shib, 
qolgan qismini tort doirasidan kattaroq qilib 2-3mm qalinlikda yoyib, tort ustiga yopiladi

2. Usti va chetlarini yaxshilab tekislab, ortiqchasini kesib olamiz.

 3. Qog'ozdan spiderman yuzi va ko'zini yasab, qirqib olamiz.

4. Qizil rang mastikamizni ham 2-3 mm. qalinlikda yoyib 
qirqib olgan qog'oz yordamida kesib olamiz va tortning o'rtasigayopishtirib,
tish kovlagich yoki pichoqni uchi bilan to'r chiziqlarini chizib chiqamiz

5. Ko'zniyam huddi shu tarzda kesib olib, orqasiga ozgina suv surtib yopishtiriladi.

6. Chiziqlar(ya'ni to'r)ni suv bug'ida eritilgan shokolad yordamida, yoki, o'zingizga qulay bo'lgan hohlagan kremingiz yordamida chizib chiqishingiz mumkin.
  
Tayyor
       

1 комментарий:

  1. assalamu alaykum, Maksuda. Hayitga molochnaya mastika bilan bezatilgan muzqaymoqli tort pishirdim. bolachalarda juda yoqdi. Lekin negadir yeyish jarayonida mastikasini ajratib tashlab yeyishdi:)))). Siznikilar hammasini yeyishadimi? Manikini mazasi qandaydir tuzliroq chiqdimi... har holda tortning o'zini shirinidan farq qiladigan maza bo'ldida, bu bizning quruq sutdanmikin, yoki qo'shgan rangimdanmi, bilolmadim. Lein o'zimga yoqdi. Asosiysi necha yillardan beri mani qiynab keladigan mastika bilan ishlashni o'rganvoldim. Sizga kattakon rahmat.
    Feruza opangiz:)

    ОтветитьУдалить