понедельник, 8 ноября 2010 г.

Kadi(Qovoq) barak - Кади(тыква) барак

Kadi(Qovoq) barak - asosan Uzbekistonning Xorazm viloyatida keng tanilgan bo'lib, kuz va qish oylarida sevib iste'mol qilinadi. Bu taom nafaqat Xorazm xalqini, balki dunyoning turli burchagidan Xorazm Voxasiga tashrif buyirgan sayyohlarning sevimli taomlari qatoridan joy olib ulgurgan.
Marhamat siz ham tatib ko'ring!


Kadi barak uchun:
Xamiri(huddi tuhum baraknikidaka)ga:
  • 1 dona tuhum
  • 0,5 stakan sovuq suv
  • 0,5 choy qoshiq tuz
  • 1,5-2 stakan un

Nachinka uchun:
  • qirg'ichdan chiqqan qovoq
  • 2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i + 4 osh qoshiq o'simlik yog'i
  • 1 dona piyoz
  • 0,5 choy qoshiq tuz
  • 3 choy qoshiq shakar
  • 4 dona tuxum

tayyorlanishi:
Qattiq hamir qorib, ustini yopib chetga olib qo`yamiz.

Tavaga 2-3 osh qoshiq o'simlik yog'ini solib, sal qizigandan keyin, piyozni tilla rangga kirguncha qovuramiz


Ustiga qovoqni, tuz va shakarni solib...

Qopqoq yopib, 40-45 daqiqa paaast olovda dimlab qo`yamiz.
 

har 7-10 minutda bir kovlab qo`yamiz, qovoq seli batamom yo`qolgan bo`lishi kerak.


Qovoqni, chetga sovishga qo`yib hamirimizni yoyib tahlab olamiz
Bu process sizga tanish.... ( Huddi Tuxum barak kabi) xamirdan kichkina zuvalachalar yasab,
unlab,5-6 ta bir qilib tahlaymiz.

  

Kichikroq piyolacha razmerida yoyamiz

 
Bukib ko'rilganda qanchalik kattaligi tuxum bn taqqoslangan


Quyidagicha bukiladi va chetlari suv yordamida yopishtiriladi.




Sovigan qovoq(2 stakan)ni olib, tuhum+4 osh qoshiq o'simlik yog'ini solib yaxshilab aralashtiramiz





Bukilgan xamirlarimizdan olib ichiga 1 osh qoshiq nachinka solib,



og'zini yopishitirib qaynab turgan suvga solib, 3 minutcha qaynatamiz.



Suv yuziga qaynab chiqqan baraklarni bir bir aylantirib, sovuq suvga olamiz(to'g'ri qozondan laganga suzilsa, baraklar bir biriga yopishib qoladi)


Ana endi laganga suzib, mazza qilib......


Yoqimli ishtaxa!!!

4 комментария:

  1. Makusha, qo'llaringiz dard ko'rmasin:)

    Bir kun qo'lingizdan yeyish nasib qilsinda:)

    ОтветитьУдалить
  2. xuddi shu mahsulotlardan qancha borek chiqadi?rahmat.

    ОтветитьУдалить
  3. Zamira opa raxmat :)
    Inshallah uchrashish nasib qisa albatta pishiramiz ;)

    Bu masalliqdan tahmiman 20-25 dona barak chiqsa kerak sanamagan ekanman:)

    ОтветитьУдалить
  4. Очень интересно, красивые фото-жаль, что рецепты без перевода на русский

    ОтветитьУдалить