Показаны сообщения с ярлыком Bolalar uchun - Готовим детям. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Bolalar uchun - Готовим детям. Показать все сообщения

пятница, 26 сентября 2014 г.

"Spiderman" mavzusida tort va bezaklar


Assalomu alaykum!
Vaqtni o'tishini qarang. Ko'z ochib yumgunimcha o'g'limiz bir pastda 8 yosh bo'libdi! Agar o'g'lingiz bo'lsa, bir kuni u albatta Spiderman tort, kostyum, o'yinchog'i yoki yana bir nimalarini sizdan olib berishni yoki, yasab berishni iltimos qilsa ajabmas :)
O'g'lim uchun mening syurprizim Spiderman tort va uy bezaklari bo'ldi.

Tortni tayyorlanishini qadam baqadam rasmga ola olmaganim uchun oldiniga Blogga qo'ymoqchi emasdim. Lekin keyinchalik, kimgadir g'oya asqotib qolar degan umidda qo'yishga qaror qildim.
Tortni asosi uchun  Nafis shokoladlik tortni tanladim. Ustini Ganash bilan tekisladim. Hudo hohlasa, Ganash haqida yaqin kunlarda alohida mavzu yarataman. Shungacha yozma receptdan foydalanib turishingiz mumkin. (Savollar bo`lsa, bemalol izohlarda qoldirisingiz mumkin).
 Ganash:
  • 250 gr shokolad
  • 250 ml.qaymoq
Qaymoqni past olovda qaynash darajasiga yetgunga qadar (lekin qaynatmaysiz) qizdirasiz va shokolad ustiga quyasiz. 1-2 minutcha qoshiq (venchik) yordamida aralashtirib, ozgina sovishga qo'yasiz. Ganash sovigach, yana 1-2 minut aralashtirasiz, lekin aslo ko`pirtirmaysiz. Krem holigamas balki, quyuq shokoladli massa holiga kelishi kerak.
Hullas tortimizni Ganash bn tekislaganimizdan so'ng, sovitgichga qo'yib qo'yamiz va Mastikadan bezaklarimizni taryyorlab olamiz.

 Spidermanni o'zini 2 kun oldin yasab qurishga qo'yib qo'ydim. Qo'llari, kallasi va beldan yuqori qismlarini alohida yasab olib keyin, tish kovlagich bilan birlashtirdim. Mastikadan figuralar yasashga ustamasman. Agar u bu joyi qiyshiqroq va noto'g'ri bo`lsa, aybga buyurmaysiz :)
 
Spiderman o'tirgan ko'k rangli doira uchun, oq mastikaga ko'k rang(geleviy kraska - AmeriColor, 134 Navy Blue)dan 2-3 tomchi qo'shdim. Ataylab, ko'p mushlamadim, chunki, mramarniy effekt bermoqchi bo'ldim, lekin baribir istaganimday bo'lmadi. 
Doirani tort qolipimdan 1 sm cha kichkinaroq boshqa qolib yordamida kesib oldim va tort ustiga qo'ydim. Shu joyida xato qilibman. Vaqtim kamligi uchun shoshqoloqlik qildim. Keib olgan doirani shu zaxoti qo'ymasdan, balki 1 soatlardan keyin, mastikali doira ozgina qurigach qo'ysam, tekkisroq chiqardi. Ha mayli, keyingi gal ;)


Tort yonlariga hohlagan rangli mastikadan "uy"lar qo'yamiz. Hohishga qarab u bu joylariga, to'rlar qilamiz :)

Endi uy bezaklariga o'tsak: Uy bezaklari uchun Spiderman mavzusidagi 1-2 Print qiladigan saytlardan rasmlar saqlab olib print qildim. Afsuski saytlar adreslarini saqlab qo`ymagan ekanman. Saytlarda tekin Print qilishga ruhsat berilgani uchun, Blogimda rasmlar bn ulashsam sayt egalari hafa bo`lishmasa kerak...


1. Tug'ilgan kun egasini ismini yozish uchun bayroqchalar. 



2. Salfetka bog'ichi

3. Ichimlik ichishga mo'ljallangan trubka bezaklari
 4. Suv, sok hullas ichimlik shishalari etiketkasi

Manimcha hammasini yozdim. Bezaklar rasmlarini sichqoncha yordamida bossangiz, katta hajmda va bemalol yuqori sifatda saqlab olishingiz mukin. Savollar bo'lsa bemalol, tortinmasdan, izoxlarda qoldiring. imkon qadar javob berishga harakat qilaman.

Yaxshi kunlarda uchrashguncha :)

четверг, 21 августа 2014 г.

"Yurakcha" bulochkalar - Heart shaped buns




Bu bulochkalarni hamiri huddi Kruassannikidaka.
Masalliqlar:
* 4 stakan un
* 1/3 stakan issiq suv
* 1 osh qoshiq drojji (quruq)
* 2 osh qoshiq va 2 choy qoshiq shakar
* 1 tuhum
* 60 gramm saryog`
* 1 stakan iliq sut
* 0,5 choy qoshiqcha tuz

Tayyorlanishi:
Idishga unni solib, o`rtasini o`yib, drojji+2choy qoshiq shakar+1/3stakan issiq suvni solamiz. Barmog`imiz bilan bir aralashtirib(faqat o`sha o`yilgan joyda) yuboramaiz.
Drojji eriguncha yoki ko`tarilguncha biz sutimizni qizitib olamiz. Sut qizgandan keyin, un+drojalik idishimizga 1tuhum + iliq sut + eritilgan saryog`(hohlasangiz sut qizitganda birga eritishingiz mumkin, xoxlasangiz mikrovolnovkada eritib oling)+ 2 osh qoshiq shakar+0,5 choy qoshiq tuzni solib hamir qorishni boshlaymiz.
Xamir oldin yopishqoq bo`ladi, mushlaganiz sari mayinlashib yumshoq lekin yopishmaydigan hamir hosil bo`ladi. Xamirni idishdan olib yog`langan doska yoki stolga kamida 40-50 marta yaxshilab, paqqillatib uramiz. 25-30 martadan keyin Xamiringiz mayinlashib, yengillashadi.
Keyin, xamir qorgan idishimizni yaxshilab yog`laymizda
xamirimizni idishga solib aylantiramiz(hamma tarafi yog`lanishi kerak).
So`ng xamir ustigamas balki idish yuzasini bostirib, 40-45 minutga chetga olib qo`yamiz (man duhovkada oshiraman, non xamirniyam bulochkaniyam. Duhovka qizitilmagan ammo hech qaeridan shamol kirmiydi, shuning evaziga tezroq oshadi.) Xamirimiz 2-3 barobarga ko`payadi. Xamirni olib yaxshilab yana mushlaymiz


Hamirni teng 30 bo'lib, zuvalachalar yasaymiz


har bir zuvalachani diametri 15-20 lik qilib yoyib, 
0,5-1 choy qoshiq shapar sepib...

ruletdaka o'rab...

ortasidan ikkiga bukib...

yopilgan tomondan 1cm. cha qoldirib, o'rtasidan kesib...

2 tomonga ajratiladi.

Listga tahlab 15 minutga ya ko'tarilguncha qo'yamiz.

15 minutdan so'ng...

ustiga tuhum surib, 425° F  yoki 220°C da 10-12 daqiqa

yoki, qizarib pishguncha pishirib olamiz

Yoqimli ishtaxa!

среда, 2 апреля 2014 г.

Red Velvet Cup cake


Red Velvet (Qizil duhoba) torti, mani sevimli tortlarimdan biri. Bu safar, boshqa bir g'oya uchun cup cake qilishga to'g'ri keldi. Hohlasangiz kremsiz muffin qisangiz ham bo'ladi.
12 dona Cup cake (muffin) uchun

Masalliqlar:
  • 1 1/4 stakan un (man 1 st. qora 1/4 st, oq un ishlatdim)
  • 0,5 choy qoshiq razrihlitel'
  • 1/4 choy qoshiq tuz
  • 1 osh qoshiq kakao
  • 60 gr. hona haroratidagi sl.maslo
  • 3/4 st. shakar (man 0,5 st. soldim)
  • 1 tuhum
  • Vanilin
  • 0,5 st. suyuq qatiq (Buttermilk*)
  • 1 osh qoshiq suyuq qizil iste'mol kraskasi
  • 0,5 choy qoshiq sirka (oq uksus)
  • 0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
 Krem:
  •  1 pachka (250 gr) cream cheese (sl. sir)
  •  0,5 st. shakar
  •  0,5 st. qaymoq
  •  vanilin

 Tayorlanishi:

Duhovkani 350F (180C)ga qizishga qo'yib qo'ying.
Shakar va iste'mol sodasidan boshqa quruq masalliqlarni aralashtiramiz. Boshqa idishda hona haroratidagi saryog' bilan shakarni aralashtirib, bittadan tuhum qo'shamiz.

Kichkinaroq idishda qatiq va kraskani aralashirib, yog'li massaga qo'shib, ketidan unli aralashmani solib, aralashtiriladi.
Kichkina idishchada uksus bilan sodani aralashtirib, tezgina hamirimizga qo'shib, aralashtirib olamiz.
Hamirni muffin qoliplariga solib, qizgan duhovkada 18-20 minut, yoki cho'p tiqib ko'rilganda quruq chiqquncha pishirib olamiz.


Krem tayyorlash uchun:

Cream cheese bilan shakarni yaxshilab aralashtiramiz 


va vanilin bn qaymoqniyam qo'shib, 


yengil krem bo'lgunga qadar ko'pirtiramiz.



 Pishib chiqqan muffinlarni soviganidan keyin, hohishga qarab bezatiladi


 Yoqimli ishtaxa!!!



среда, 29 декабря 2010 г.

Sakkizyoqchalar - Оctopus and mice


Oddiy sosiskalardan bolalar uchun chiroyli Sakkizoyoqchalar yasab berish mumkin.
Buning uhchun:
Sosiskani yarmidan pastini 4 qisimga(hohlasangiz kesilgan har bir bo'lakni yana 2ga bo'lish mumkin) bo'lakka bo'linadi

Sakkizoyokchalarni tarelkaga o'tqazib :) mikrovolnovkada 25-30 sekund pisharimiz

 Tayyor!

Hohlasangiz yonlariga sichqoncha do'stlar ham yasab berish mumkin :)







пятница, 19 марта 2010 г.

Qo'lbola truffllar - Домашние трюфели


Bu truffelni bolalar bilan birga tayyorlga juda qulay.
Demak masalliqlar
* 1 quti sgushennoe moloko
* 2,5-3 osh qoshiq kakao
* 2 qoshiq saryog`

1. Kastrulkaga hamma masalliqlani(moloko, kakao,s saryog') solib,
2.past olovda quyulguncha aralashtirib turamiz , tagiga yopishishi mumkin shuning uchun yaxshilab kovlab turish kerak. 
3. Quyulgandan keyin yoyik laganga solib xolodilnikka qo`yasiz. 30-50 minutga.
4. Sovigandan keyin qo`lingizga sayog` surib(yopishmasligi uchun) 1 choy qoshiqdan olib yumaloqlab chiqasiz 

5.va xoxlasangiz bodomga, hohlasangiz kakaoga, hohlasangiz yana boshqa narsaga bulashingiz mumkin 

6.  Mana tayyor!!!