Показаны сообщения с ярлыком Desertlar - Десерты - Desserts. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Desertlar - Десерты - Desserts. Показать все сообщения

вторник, 22 июля 2014 г.

Palmier - Francuz pishirig'i


Yaqinda Shokoladli Napoleon recepti va qatlash uslubi bilan ulashgandim. Recept ta'rifida hamirni yarmini keyinroq ishlatishga olib qo`ydim degandim. Mana o`sha olib qo`yilgan hamridan tayyorlangan Francuz pishirig`i. Muzlatgichda tayyor hamiringiz bo`lsa, kutilmagan mehmon uchun, choy qaynaguncha tayyor bo`ladigan va albatta mehmoningizni mutlaqo be'farq qoldirmaydigan pishiriq.

Masalliqlar:


Tayyor qatlama hamirni 5-7mm qalinlikda yoyib,
 bir-biriga qarama-qarshi rulet qilib o'raladi va  2 sm qalinlikda bo'laklarga kesiladi 
(rasmda ko'rish mumkin)
 

ikki tomonigayam shakar sepib, 
pergament to'shalgan listga qo'yib...

400 F (200 C ) darajada  oldindan qizdirilgan duhovkada 
10-12 minut pishirib olinadi

Pishiriqlar tayyor!
Ustida shirin karamel' mmmm :)


 Yoqimli ishtaha!!!

четверг, 19 июня 2014 г.

"Наполеон" шоколадный

 



"Shokoladniy Napoleon" hamiri uchun:

* 2 va 3/4 stakan un (man 2 st. qora un va 3/4 st. oq un ishlatdim)
* 1 choy qoshiq tuz
* 150 ml. sovuq suv
* 70 gr. sl. maslo yoki margarin
* 345 gr. sl. yog'
* 0,5 stakan kakao


Krem zavarnoy:

* 2 tuhum
* 2 osh qoshiq un
* 1 stakan shakar
* 3 takan sut
* 5 osh qoshiq kakao
* 100 gr. sl. yog'
* 0,5 stakan shokolad chips
* vanilin

Tayyorlanishi :
Hona haroratidagi yog' bn kakaoni aralashtirib, plenka orasiga o'rab 30-45 minutga holodil'nikka qo'yib qo'yamiz


Yog' qotguniga qadar hamirni qoramiz. Un, tuz va qirg'ichdan chiqqan(yog'ni unga botirib qirg'ichdan chiqazsa qo'lingizda erib ketishini oldini oladi va qirg`ich ham tozaroq qoladi ) yog`ni yaxshilab uqalab, muzday suvni solib hamir qoramiz. Hamirni ozgina yoyib, paketga o'rab 30 minutga holodil'nikka qo'yamiz.


30 minutdan keyin hamirni ozgina yoyib, o'rtasiga kakaoli yog'ni qo'yib 4 tamonini ham yaxshilab o'rab...


25x40 sm qilib yoyib rasmda ko'rsatilgandek bukib olamiz va o'rab yana vaqtingiz bo`lgunga qadar holodil'nikka joylaymiz

Vaqtingiz bo'lganda, yana holodil'nikdan olib, yoyib, bukib, o'rab, joyiga qo'yib qo'yamiz...

Shu tarzda yana 2 marta ...
2 marta qatlab, holodil'nikka qo'yganimdan keyin 3-martasida chalkashib ketmasligim uchun nuqtalar bn belgiladim. Man 5 marta qatladim. Aslida 5-da pishirishim kerak edi. Endi yoyganimda, dugonam bir ish bn kelib qoldida, boshqattan buklab jo'yiga qo'yib qo'ydim . 4 marta yoyilgani keragidanam ortiq yetadi!!!


Hamir barakali chiqdi. Teng yarmini keyin ishlatishga olib qo'dimda, qolgan yarmini 12 bo'lakka bo'lib, har birini yoyib, qizdirilgan duhovkada har birini 5-6 minutda pishirib olamiz.


Krem tayyorlanishini ko'pchiliimiz bilamiz. Bu safar kremniyam sal boshqacharoq ya'ni bo'lishini istadim va quyidagicha tayyorladim:

Tuhum, shakar, un va sutni aralashtirib, har doimgidek quyilguncha, gazda doimiy aralashtirib turgan holda, pishirib oldim. Issiqligida 3 osh qoshiq kakaoni qo'shib, 1-2 soatga chetga olib qo'yamiz. Krem butunlay sovishi kerak.

Boshqa idishda hona haroratidagi saryog' bilan 2 osh qoshiq kakaoni aralashtiramiz

Suv bug'ida eritilgan shokoladni qo'shib yana aralashtiramiz. Sovigan Zavarnoy kremni qo'shib, mikserda ko'pirtiramiz. Quyuq va vozdushniy krem tayyor bo`ldi.

Korjlarni kremlab, chetidan ortgan kusoklarni,  maydalab ustiga  va chetlariga sepamiz. 5-6 soatga muzlatkichga qo'yamiz.

5-6 soatga sabrimiz yetmadi! 2 kun ketgan vaqtim samarasini tezroq tatish maqsadida 1-2 soatlarga kesdik.
Natija!!! :)
Yoqimli ishtaxa!!!


вторник, 8 апреля 2014 г.

Tort "Syurpriz"




Oddiy keksni kesganda ichidan syurpriz chiqishiga nima deysiz :)
Bunday syurpriz tort uchun bizga, 2 rangli tort kerak bo'ladi. Men ichidagi "Syurpriz"ni yurak shaklida qilganim uchun, Red Velvet  hamirini tanladim. Red Velvet yog'li bo'lgani uchun, asos tort uchun ham yog'li keks tanladim. Oq keksga qora un ishlatganim sababli, sarg'imtir rangda chiqdi. Siz istagan uningizni ishlatishingiz mumkin.

Masalliqlar:

Oq rangli keks uchun:
  • 100 gr. saryog'(sl.maslo(hona haroratida))
  • 0,5 st. shakar
  • 2 tuhum
  • vanilin
  • 60 ml.sut
  • 1 st. un
  • 1/4 choy qoshiq tuz
  • 0,5 choy qoshiq razrihlitel'
  • 1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi
  • 1 choy qoshiq uksus
 Krem:
  •  1 pachka (250 gr) cream cheese (sl. sir)
  •  0,5 st. shakar
  •  0,5 st. qaymoq
  •  vanilin
Tayorlanishi:
Oldin, receptga asosan Red Velvet muffinlarini pishirib olamiz. Muffinlar sovigunga qadar, oq rangli keksimizni tayyorlaymiz.
Hona haroratidagi saryog' bn shakarni aralashtirib, bittadan tuhum qo'shib yaxshilab aralashtiramiz. Aralashmaga un, tuz, razrihlitel', vanilin va sutni qo'shib, 2 minutcha mikserda aralashtiramiz. Ohirida soda bn uksusni aralashtirib, hamirga qo'shamiz. Man non formasida pishirganim uchun, tort esa, formadan balandroq bo'lishi kutilgani cuhun, 2 qat alyumin qog'oz bilan balandroq qilib o'rab, hamir tagiga pergament qog'oz to'shadim.

Hamirni 1/3 qismini qolipga solib, usti tekiz kesilgann muffinlarimizni

tahlab chikamiz va shashlik cho'pi (spajka) bilan biriktiramiz. (Shu jarayonni rasmga olmaganman) Ustiga qolgan hamirimizni solib, qizgan duhovkada qizarib chiqquncha pishirib olamiz


Hohishga qarab bezatamiz


 

среда, 2 апреля 2014 г.

Red Velvet Cup cake


Red Velvet (Qizil duhoba) torti, mani sevimli tortlarimdan biri. Bu safar, boshqa bir g'oya uchun cup cake qilishga to'g'ri keldi. Hohlasangiz kremsiz muffin qisangiz ham bo'ladi.
12 dona Cup cake (muffin) uchun

Masalliqlar:
  • 1 1/4 stakan un (man 1 st. qora 1/4 st, oq un ishlatdim)
  • 0,5 choy qoshiq razrihlitel'
  • 1/4 choy qoshiq tuz
  • 1 osh qoshiq kakao
  • 60 gr. hona haroratidagi sl.maslo
  • 3/4 st. shakar (man 0,5 st. soldim)
  • 1 tuhum
  • Vanilin
  • 0,5 st. suyuq qatiq (Buttermilk*)
  • 1 osh qoshiq suyuq qizil iste'mol kraskasi
  • 0,5 choy qoshiq sirka (oq uksus)
  • 0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
 Krem:
  •  1 pachka (250 gr) cream cheese (sl. sir)
  •  0,5 st. shakar
  •  0,5 st. qaymoq
  •  vanilin

 Tayorlanishi:

Duhovkani 350F (180C)ga qizishga qo'yib qo'ying.
Shakar va iste'mol sodasidan boshqa quruq masalliqlarni aralashtiramiz. Boshqa idishda hona haroratidagi saryog' bilan shakarni aralashtirib, bittadan tuhum qo'shamiz.

Kichkinaroq idishda qatiq va kraskani aralashirib, yog'li massaga qo'shib, ketidan unli aralashmani solib, aralashtiriladi.
Kichkina idishchada uksus bilan sodani aralashtirib, tezgina hamirimizga qo'shib, aralashtirib olamiz.
Hamirni muffin qoliplariga solib, qizgan duhovkada 18-20 minut, yoki cho'p tiqib ko'rilganda quruq chiqquncha pishirib olamiz.


Krem tayyorlash uchun:

Cream cheese bilan shakarni yaxshilab aralashtiramiz 


va vanilin bn qaymoqniyam qo'shib, 


yengil krem bo'lgunga qadar ko'pirtiramiz.



 Pishib chiqqan muffinlarni soviganidan keyin, hohishga qarab bezatiladi


 Yoqimli ishtaxa!!!



понедельник, 7 марта 2011 г.

Mevali salat - Фруктовый салат


Kundalik ovqatlanish rejamizda albatta mevalar ham o'rin oladi. Mevalarni har birini alohida yeb chiqaman desam to'g'risi qornimga sig'may qoladi))). Shuning uchun ko'pincha hammasini aralashtirib Mevali salat qilib yeyishni oilam bilan hush ko'ramiz. O'zingizga yoqqan mevalar yig'indisidan, chiroyli salat tayyorlash mumkin. Tanlagan mevalaringiz orasida citrus mevalar bo'lishiga ahamiyat qarating. Chunki ular vitamin C ga boy bo'lib, organizmni tabiiy immunitet bilan ta'minlab beradi. 
Yuqoridagi salat, eng osoni va likopchasiyam tayyor salatlardan biri Anannasli salat.
Aynan shu salat uchun bizga:
  • Yaxshi pishgan ananas* 1 dona
  • Kivi 2 dona
  • Apel'sin yoki mandarin 1-2 dona
  • Banan 1 dona
  • Nok 1 dona
  • Olma 1-2 dona
  • Anor 0,5-1 dona (bezak uchun)
Ananasni 2ga bo'lib, ichini oyib olib, kvadrat shaklida to'g'raladi. Qolgan mevalar ham shu shaklda to'g'ralib, ananas po'stidan hosil bo'lgan likopchaga solib, dasturhonga tortiladi. Oddiy lekin original salt tayyor!!!
Yoqimli ishtaxa!

* Ananasni yaxshi pishganini rangidan va hididan bilish mumkin. Rangi sariq bo'lib,  honada yoqimli hid taratib turadi. Yana ananasni barglarini astagina tortib ko'rganda osonlikcha uzilsa, yeyishga tayor hisoblanadi. Yashil va barglari qiyin uziladigan ananas hali hom hisoblanadi. Ananas hom yeyilsa tilni yara qilishi mumkin.

воскресенье, 26 декабря 2010 г.

Limon Glazurli Limonli Tort - Глазированный лимонный торт



Hamiri uchun:
  • 200 gr. saryog'(sl.maslo(hona haroratida))
  • 1st. shakar
  • 4 tuhum
  • vanilin
  • 1 katta lemon cedra(lemon po'sti sariq qismi faqat)si
  • 2 st. un
  • 4 dan 1 choy qoshiq tuz
  • 2 choy qoshiq razrihlitel'
  • 60 ml. limon suvi
Lemonli glazur'

  • 1 st. elangan shakar upasi(saharnaya pudra)
  • 2 osh qoshiq limon suvi
Hona haroratidagi saryog'ni mikserda aralashtrib..

shakarni qo'shib...

yana aralashtirlidi.

Aralashmaga bitta bittadan tuhum qo'shilib...

har tuhum solingandan so'ng yaxshilab aralashtiriladi.
vanilin va limon cedrasini ham qo'shib aralashtiriladi.

Un, tuz, razrihlitel' va limon suvini qo'shib...

bir hil massa bo'lguncha aralashtiriladi

Hamirni yog'lab, unlangan qolipga solib, 350F yoki 180C ga qizigan duhovkada

45-50 daqiqa yoki gugurt cho'pi toza chiqquncha pishirib olinadi
va 10-20 daqiqa sovitib qo'yiladi

Limonli glazurni tayyorlash uchun:
elangan shakar upasiga limon suvini qo'shib

yaxshilab aralashtiriladi. Agar glazur' siza quyuq tuyilsa ozgina limon suvidan qo'shish mumkin

Tayyor glazur' tor ustiga quyiladi va usti tekislanadi.
Tayyor! Yoqimli ishtaxa!

Qo'shimcha: Hohlovchilar tortni o'rtasiga o'zlariga yoqqan har qanday krem(zavarnoy+ limon cedrasi, Slivochniy+1qoshiq limon suvi va cedrasi, smetanalik krem+limon cedrasi) surib ham iste'mpl qilishlari mumkin.