Bu bulochkalarni hamiri huddi Kruassannikidaka.
Masalliqlar:
* 4 stakan un 
* 1/3 stakan issiq suv * 1 osh qoshiq drojji (quruq)
* 2 osh qoshiq va 2 choy qoshiq shakar
* 1 tuhum
* 60 gramm saryog`
* 1 stakan iliq sut
* 0,5 choy qoshiqcha tuz
Tayyorlanishi: 
Idishga  unni solib, o`rtasini o`yib, drojji+2choy qoshiq shakar+1/3stakan issiq  suvni solamiz. Barmog`imiz bilan bir aralashtirib(faqat o`sha o`yilgan  joyda) yuboramaiz.
Drojji  eriguncha yoki ko`tarilguncha biz sutimizni qizitib olamiz. Sut  qizgandan keyin, un+drojalik idishimizga 1tuhum + iliq sut + eritilgan  saryog`(hohlasangiz sut qizitganda birga eritishingiz mumkin,  xoxlasangiz mikrovolnovkada eritib oling)+ 2 osh qoshiq shakar+0,5 choy  qoshiq tuzni solib hamir qorishni boshlaymiz. 
Xamir  oldin yopishqoq bo`ladi, mushlaganiz sari mayinlashib yumshoq lekin  yopishmaydigan hamir hosil bo`ladi. Xamirni idishdan olib yog`langan doska yoki stolga kamida 40-50 marta  yaxshilab, paqqillatib uramiz. 25-30 martadan keyin Xamiringiz mayinlashib,  yengillashadi. 
Keyin, xamir  qorgan idishimizni yaxshilab yog`laymizda
xamirimizni idishga solib aylantiramiz(hamma tarafi yog`lanishi kerak). 
So`ng  xamir ustigamas balki idish yuzasini bostirib, 40-45 minutga chetga  olib qo`yamiz (man duhovkada oshiraman, non xamirniyam bulochkaniyam.  Duhovka qizitilmagan ammo hech qaeridan shamol kirmiydi, shuning evaziga  tezroq oshadi.) Xamirimiz 2-3 barobarga ko`payadi. Xamirni olib  yaxshilab yana mushlaymiz
Hamirni teng 30 bo'lib, zuvalachalar yasaymiz
har bir zuvalachani diametri 15-20 lik qilib yoyib, 
0,5-1 choy qoshiq shapar sepib...
ruletdaka o'rab...
ortasidan ikkiga bukib...
yopilgan tomondan 1cm. cha qoldirib, o'rtasidan kesib...
2 tomonga ajratiladi.
Listga tahlab 15 minutga ya ko'tarilguncha qo'yamiz.
15 minutdan so'ng...
ustiga tuhum surib, 425° F  yoki 220°C da 10-12 daqiqa
yoki, qizarib pishguncha pishirib olamiz
Yoqimli ishtaxa!

Assalamu alaykum rahmatullahi wa barakatuh Bismilah. Sister hOW is y health and y great family ? Inshallah Great yea. Aha Inshallah I will cook this pastry cooking and i will send photo iNSHALLAH . Just I want to tell that this website created with beautiful meaning and useful information to us and mAY ALLAH reward u amen
ОтветитьУдалить