вторник, 2 марта 2010 г.

Turk taomi "BOREK" - Турецкое блюдо «Борек»


 Turk taomi "BOREK" - Турецкое блюдо «Борек» (Рецепт на Русском здесь)



Masalliqlar:
 Hamiriga:

  •     4 stakan elangan un
  • 60g eritilgan saryog’ yoki margarine(man margarine bilan qildim)
  • 1 tuhum
  • 0,5 choy qoshig`ida tuz
  • 1 stakan issiq suv
 Sousiga:
  • 4 qoshiq qatiq
  • 2 tuhum
Qiymasiga:
  •    500-600g qiyma
  •    1 piyoz
  •    113g saryog’ (yufkalarga surtish uchun)
1. Qiymani olib, tavaga ozgina yog` solib dimlab pishiramiz, birozdan keyin piyoz solsangiz ham bo`ladi.



2. qopqog`ini yopib xamir qorishni boshlaymiz. Idishga elangan unni solib, o`rtasini o`yib suv, yog`, tuz, tuhumni solib
Yumshoq hamir qorishni boshlaymiz, hamirimiz mayingina bo`lgunga qadar mushlaymiz.
Hamirimizni bostirib, 30 daqiqaga dam olishga qo`yib qo`yamiz.
Hamir damini olguncha Sousimizni tayyorlab olamiz.
Qatiq+tuhumni yaxshilab aralashtirib, chetga olib qo`yamiz
Xamirimizni 6 zuvalachaga bo`lamiz va har bir zuvalachani imkon qadar yupqa qilib yoyamiz.
     * Bu xamir judayam yumshoq bo`lganligi uchun yoyishda, un o`rniga krahmal ishlatsangiz xamir yanada mayin va yupqaroq yoyiladi.
Oldin 2 ta zuvalachani tarelkadan sal kattaroq  yoyib, yaxshilab krahmallagandan keyin,


ustma-ustiga qo`yib

2 yufkani bir qilib yoydim(yupqaroq bo`lishi uchun)


Qo`rqmang, krahmal tufayli hamirlar bir biriga yopishmaydi.

 Yanada yupqa bo`lishi uchun qo`lim bilan ham biroz ishlashga to`gri keldi, shunaqangi mayin, yoqimli xamir bo`ladiki, bu xamir bn ishlab hecham charchamaysiz.


Endi yufkalarni eritilgan saryog’ bilan yog`lab chiqamiz

Va o`rtasiga(rasmdagiday) qilib qiymamizni solamiz

va rulet shaklida o`raymiz.

Har bir zuvalachamizni shu tarzda yoyib, o`rab bo`lgach manabu tarzda Doira shaklidagi (tort uchun qolibga, yoki tavangizning tutqichi olinadigan bo`lsa tavaga) idishga joylab ustiga hali tayyorlab qo`ygan qatiq va tuhumli aralashmani bir tekis qilib solib, 180C ga (375F)qizgan duhovkamizda 45 minut pishiramiz


Yoki usti qizarguncha.


Pishgan Borekning ustini fol’ga bilan kamida 15 daqiqaga yopib qoyamiz.

Mana endi dasturhonga tortsak ham bo`ladi. Ochiq ishtaha
Eslatma: Asl receptda qiyma o`rniga pishloq solingan edi, man qiyma bn qilib ko`rdim juda mazali chiqdi. Ismaloq (Shpinat) bilan ham, pishlok bilan, qovoq, kartoshka va uzingizga yoqqan hohlagan qiyma bn pishirish mumkin.
Mana bu Ismaloqlik borek
 

13 комментариев:

  1. Bugun shu taomni qilib kurdim, faqat 6 ga bulingan hamirdan 4tasini ishlatdim. Juda shirin chiqdi rahmat!

    ОтветитьУдалить
  2. Princess
    osh bo'sin! Ishonch uchun sizgayam raxmat.
    Taom yoqqanidan hursandman. Recept yaxshi kunlarizda asqotsin:)

    ОтветитьУдалить
  3. Bu taomni receptini avval Uzboys da ko'rgan edim, pishirganman, turklarni o'zi yig'lavorgan, qanday pishirdin deb, zo'r chiqgan

    ОтветитьУдалить
  4. Wow!
    Judayam hursandman!
    Turkla feta cheese bn qilisharkan, bu esa o'zimizga moslalanga qiymali usulide ;)

    P.S. Uzboysga kimdir bu yerdan to'g'ridan to'gri copy qilib u yoqqa paste qilyabdi. Avtorlik hukuklarini unutmasalar bo'lardi :))

    ОтветитьУдалить
  5. salom! turli hil reseptlar uchun katta rahmat,qaysini qilib korsam hammasi uhshayabdi.oson yolini urgatibsizlar.thank you:)

    ОтветитьУдалить
  6. Walaykum salom.
    Receptlarimiz kimgadir foydasi tegayotganidan hursandmiz:)
    You are very welcome!:)

    ОтветитьУдалить
  7. Assalomu alaykuum.Makusha sizga kotta rahmat.Man sizni retseplaringiz asosida juda kop narsalarni organib oldim.Bugun shu borekni qildim,mazasi zor chiqdi rahmat:)

    ОтветитьУдалить
  8. Assalomu alaykum Makusha opa man ham shu retsepizda borek tayorlab kurdim rosa mazali chiqdi kottakon raxmat.

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Walaykum assalom!
      Recept sizga yoqqanidan hursandman :) Yaxhsi kunlarizga ishlatish nasib qisin!!!

      Удалить
  9. Man hozir tayyorlab duhofkaga qoydim . Qani koramiz qanaqa chiqarkin lekin mehr bn qildim

    ОтветитьУдалить
  10. Turk dugonam bor wuni boregidan kop yiman. Qani maniki qanaqa chiqarkin

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Lolahon, Borek yaxshi chiqqan deb umid qilamn. Taassurotlaringiz bilan ulashing ;)

      Удалить