Turk taomi "BOREK" - Турецкое блюдо «Борек» (Рецепт на Русском здесь)
Masalliqlar:
Hamiriga:
- 4 stakan elangan un
- 60g eritilgan saryog’ yoki margarine(man margarine bilan qildim)
- 1 tuhum
- 0,5 choy qoshig`ida tuz
- 1 stakan issiq suv
- 4 qoshiq qatiq
- 2 tuhum
- 500-600g qiyma
- 1 piyoz
- 113g saryog’ (yufkalarga surtish uchun)
2. qopqog`ini yopib xamir qorishni boshlaymiz. Idishga elangan unni solib, o`rtasini o`yib suv, yog`, tuz, tuhumni solib
Hamirimizni bostirib, 30 daqiqaga dam olishga qo`yib qo`yamiz.
Hamir damini olguncha Sousimizni tayyorlab olamiz.
Qatiq+tuhumni yaxshilab aralashtirib, chetga olib qo`yamiz
Xamirimizni 6 zuvalachaga bo`lamiz va har bir zuvalachani imkon qadar yupqa qilib yoyamiz.
* Bu xamir judayam yumshoq bo`lganligi uchun yoyishda, un o`rniga krahmal ishlatsangiz xamir yanada mayin va yupqaroq yoyiladi.
Oldin 2 ta zuvalachani tarelkadan sal kattaroq yoyib, yaxshilab
krahmallagandan keyin,
ustma-ustiga qo`yib
2 yufkani bir qilib yoydim(yupqaroq bo`lishi uchun)
Qo`rqmang, krahmal tufayli hamirlar bir biriga yopishmaydi.
Yanada yupqa bo`lishi uchun qo`lim bilan ham biroz ishlashga to`gri keldi, shunaqangi mayin, yoqimli xamir bo`ladiki, bu xamir bn ishlab hecham
charchamaysiz.
Endi yufkalarni eritilgan saryog’ bilan yog`lab chiqamiz
Va o`rtasiga(rasmdagiday) qilib qiymamizni solamiz
va rulet shaklida o`raymiz.
Har bir zuvalachamizni shu tarzda yoyib, o`rab bo`lgach manabu tarzda Doira shaklidagi (tort uchun qolibga, yoki tavangizning tutqichi olinadigan bo`lsa tavaga) idishga joylab ustiga hali tayyorlab qo`ygan qatiq va tuhumli aralashmani bir tekis qilib solib, 180C ga (375F)qizgan duhovkamizda 45 minut pishiramiz
Yoki usti qizarguncha.
Pishgan Borekning ustini fol’ga bilan kamida 15 daqiqaga yopib qoyamiz.
Mana endi dasturhonga tortsak ham bo`ladi. Ochiq ishtaha
Mana bu Ismaloqlik borek
Bugun shu taomni qilib kurdim, faqat 6 ga bulingan hamirdan 4tasini ishlatdim. Juda shirin chiqdi rahmat!
ОтветитьУдалитьPrincess
ОтветитьУдалитьosh bo'sin! Ishonch uchun sizgayam raxmat.
Taom yoqqanidan hursandman. Recept yaxshi kunlarizda asqotsin:)
Bu taomni receptini avval Uzboys da ko'rgan edim, pishirganman, turklarni o'zi yig'lavorgan, qanday pishirdin deb, zo'r chiqgan
ОтветитьУдалитьWow!
ОтветитьУдалитьJudayam hursandman!
Turkla feta cheese bn qilisharkan, bu esa o'zimizga moslalanga qiymali usulide ;)
P.S. Uzboysga kimdir bu yerdan to'g'ridan to'gri copy qilib u yoqqa paste qilyabdi. Avtorlik hukuklarini unutmasalar bo'lardi :))
salom! turli hil reseptlar uchun katta rahmat,qaysini qilib korsam hammasi uhshayabdi.oson yolini urgatibsizlar.thank you:)
ОтветитьУдалитьWalaykum salom.
ОтветитьУдалитьReceptlarimiz kimgadir foydasi tegayotganidan hursandmiz:)
You are very welcome!:)
Assalomu alaykuum.Makusha sizga kotta rahmat.Man sizni retseplaringiz asosida juda kop narsalarni organib oldim.Bugun shu borekni qildim,mazasi zor chiqdi rahmat:)
ОтветитьУдалитьOsh bo'lsin Laylo! Yoqqanidan hursandman :)
УдалитьAssalomu alaykum Makusha opa man ham shu retsepizda borek tayorlab kurdim rosa mazali chiqdi kottakon raxmat.
ОтветитьУдалитьWalaykum assalom!
УдалитьRecept sizga yoqqanidan hursandman :) Yaxhsi kunlarizga ishlatish nasib qisin!!!
Man hozir tayyorlab duhofkaga qoydim . Qani koramiz qanaqa chiqarkin lekin mehr bn qildim
ОтветитьУдалитьTurk dugonam bor wuni boregidan kop yiman. Qani maniki qanaqa chiqarkin
ОтветитьУдалитьLolahon, Borek yaxshi chiqqan deb umid qilamn. Taassurotlaringiz bilan ulashing ;)
Удалить