Dadajon, kim so'kadi xato qilsam?
Dadajon, kim turadi to'ylar qilsam?
Dadajon, duolarsiz qandoq qilay?
Dadajon, kim kutadi uyga borsam?
Diydor qoldi endi Mashxal maydoniga ...
Diydor qoldi endi Mashxal maydoniga ...
Otajonim bu yolg'onchi dunyoni tashlab, chin dunyoga ketganlariga 34 kun bo'ldi. Uzoq tanaffusdan keyingi birinchi postimni Otajonim xotiralariga bag'ishlashga qaror qildim. Hayot bo'lganlarida 8 May kuni 68 yosh bo'lgan bo'lardilar. Bunday sinov har bir bandasining boshida borligini bilsamda, bularni yozishni xatto aqlimning ko`chasidanam o`tkazmagan ekanman. Doim bir
nimalar bilan band qo'llarim, Otajonimdan ajrab hech nimaga yaramay
qoldi. Xatto yozishgayam. Yozyapmanu qo'llarim qaltiroqdan, ko'zimdan shashqator yosh oqishdan to'xtamayapdi. 34 kun oson o'tmayotganiga ishonchim komilki, bu satrlarni o'qiyotgan har biringiz juda yaxshi bilsangiz kerak. Buni tushuntirib o'tirishga xojat yo'q. Haligacha kechalari goh yashirib, goh ko'rsatib yig'lab otamni sog'inaman. Namozlarimdan keyin ular haqqiqa duo qilamanu, huddi boshqa birov uchun qilayotganday. Ketganlar orqaga qaytmasligini, diydorni endi qiyomatga qolganini, Otajonim ovozlarini, dasturhon atrofidagi shirin suhbatlarini, xato qilganimizda sabr bilan qayta tushuntirisharini, dono maslaxatlarini qayta eshita olmasligimni aql tushunadiyu, lekin ko`ngil, huddi ishonqiramay, uyga telefon qilganda orqa ovratdan otajonim ovozlarini qidiraveradi, qidiraveradi, qidiraveradi...Oilada faqat qizlarmiz. 7 qiz. "Qiz bola palahmon toshi. Qaerga otsang shu yerga tushadi" deyishganidek oramizdan 3 miz ota-onamdan uzoqda yashaymiz. Yaxshiyam internet, SKYPE degani bor ekan baxtimizga,Hudoga shukur, har kuni ko`rishamiz derdila raxmatlik Otajonim. Lekin ko'pincha "konferenciya" qilib, onamla bilan gaplashib o'tirib, otamlarni so'rasak yuribdila kirib chiqib, xozir keladilar gaplashgani derdila oyimla. Keyin bilsak, gaplarimizni eshitibbb o'tirarkanla orqada.
Onang bilan shunaqa mazza qilib gaplashasizlarki, gaplaringizni bo'lib, oralaringizga tiqilgim kelmaydi, Hudoga shukur sog-omon ekanlar, kayfiyatlari yaxshi ekan deb sevinib, eshitib o'tiraveraman. Allohga sizlardek 7 qiz berganiga shukur qilaman doim. Qani birov, 7 qizingga 70 o'g'il beraman, almash desinchi, 2 dunyoda ham alishmasdim. Qiz bola bo'lsalaring ham, hammangiz o'rningizni topib yuribsizlar, O'ziga shukur. O'g'lim yo'q deb armon qilmaganman. Kuyovlarimni o'g'illarim deganman. derdilar.
Ehh bu satrlarni yozyabmanu, huddi ovozlari qulog'im ostida jaranglayapti. Hayot davom etaverarkan...
Bularni yozishimdan maqsad kimnidir ko'nglini og'ritish, Otasi o'tganlarni yarasini tirnash, yoki, o'zimni hissiyotlarimni ko'rsatib menga nisbatan achinsh hissini uyg'otishmas. Shunchaki, ko'nglimni oz bo'lsada bo'shatib taskin topishni istadim. Shunchaki, har bir o'qigan odam bittaginadan otam haqqiga duo qilib qo'yishligi mumkinligini o'yladim. Endi bu yog'iga kuchli bo'lishim kerakligini, avvalgidanam kuchli bo'lishim kerakligini o'yladim. Chunki, Otam hech qaysi qizlarini pissimist holda ko'rib hursand bo'lmagan bo'lardilar. O'zlari judayam sabrli inson bo'lganliklari uchun, sabr qilishni bizgayam ko'p o'rgatganlar. Har bir inson Alloh bergan sinovlaridan shukur qilib o'tishdan boshqa ilojisi yo'q ekan.
Bugun ishonolmam yo`qligingizga,
Sizni qidiraman, bu jonim halak.
Otajon, hattoki bu judolikka,
Chiday olmay yig`ladi osmon-u falak*.
Bilaman, bu savdo har kimda ham bor,
Lekin bilingiz, siz, doim abadiy.
Ko`nglimda, dilimda Otajon siz bor,
Ollohim, otam qil-o`zing Jannatiy...
Sizni qidiraman, bu jonim halak.
Otajon, hattoki bu judolikka,
Chiday olmay yig`ladi osmon-u falak*.
Bilaman, bu savdo har kimda ham bor,
Lekin bilingiz, siz, doim abadiy.
Ko`nglimda, dilimda Otajon siz bor,
Ollohim, otam qil-o`zing Jannatiy...
She'r muallifi: eng kenjamiz 18 yoshli singlim. Otamni qabrga qo'yib kelishgach, shunaqa kuchli yomg'ir yog'ganki, huddi osmon ham bizga qo'shilib yug'layotganday edi.