Kerakli masalliqlar:
1 stakan mosh
1/3 stakan guruch
300 gr. go'sht
1 dona piyoz
1 dona sabzi
1 dona bolgar qalampiri
1-2 o'rtacha pomidor
2 dona kartoshka
2 dona sarimsoq piyoz
1-2 dona lavr yaprog'i
tuz
murch
ko'katlar
yog'
Tayyorlanishi:
Go'sht, sabzi, pomidor, bolgar qalampiri, kartoshka hammasini mayda kvadrat shaklida to'g'rab olnadi..
1. Qozonga 5-6 qoshiq o'simlik yog'i solib, go'shtni qizarguncha ozgina tuz sepib qovuriladi.
2. sabzi qo'shiladi...
3. 1-2 daqiqa qovurilgach, mayda to'g'ralgan piyoz qo'shiladi...
piyoz yaxshilab qovurilgach...
4. pomidor solinib, qizrguncha qovuriladi...
5. bolgar qalampiri ham qo'shiqladi
6. 1-2 daqiqa qovurilgach kartoshka va sarimsoqni ham qo'shib...
2-3 daqiqa qovuriladi va 2 litrcha suv solinadi.
Suv qaynagach, o'rtacha olovda 15-20 daqiqa miltillatib qaynatib qo'yiladi.
20daqiqadan keyin yuvib tozalangan Mosh solinib, yana 20 daqiqa qaynatiladi.
20 daqiqadan so'ng guruchni solamiz va 25 daqiqa qaynatiladi.
25daqiqadan keyin ovqat tqyyor. Tuz va murchlarini solib,ovqatni suzsa ham bo'ladi.
Yoqimli ishtaha!
Комментариев нет:
Отправить комментарий