Показаны сообщения с ярлыком Go'mma - Чебуреки. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Go'mma - Чебуреки. Показать все сообщения

суббота, 27 ноября 2010 г.

Kadi(Qovoq) go'mma - Чебуреки с тыквой

nachinkani tayyorlanisi huddi Qovoq barakniki kabi faqat, tuxum qo'shilmaydi.

1. Oddiy osh hamir tayyorlab, undan o'rtacha(yong'oqday) zuvalachalar yasab, yoyib olganimizdan keyin bukib, hamir o'rtasiga chiziq tushirib olamiz va chiziqni bir qismiga yupqaroq qilib qiyma suramiz.







2. Hamirni ikkinchi tomoni yopib, bir tomondan ikkinchi tomonga qarab chetini bosib, yopishtirib ikkinchi tomon burchakka 1chi tomonda ichidagi havosini chikarib kelib yopishtiramiz(Ichida havo kolsa go'mmalar yog'da yorilib, ichini seli chiqadi. Natijada yog'ni ham go'mmalarni ham sifati yomonlashadi.)




3. O'rtacha qizgan yog'da go'mmalarni ikki tomonini ham qizartirib olamiz




Yoqimli ishtaxa!!!



среда, 25 ноября 2009 г.

GO'MMA (Varaqi, Cheburek)



kerakli masalliqlar:
*sut 1stakan + tuz

*400gramm qiyma
*1 piyoz(yoki mayda to'g'ralgandan keyin qiymaning 1/3 qismini tashkil qilishi kerak)
*tuz
*murch

Tayyorlanishi:
1. Sutga ozgina tuz solib o'rtacha yumshoqlikda hamir qoramiz va 15-20 daqiqacha tindirib qo`yamiz.
Hamir tinguncha nachinka tayyorlaymiz.



 2. 1ta(kattaroq) piyozni mayda to`g`raymiz.




3. Kattaroq idishga qiyma, piyoz(piyoz qiymani 1/3 qismini tashkil qilishi kerak), tuz, murch va 1/4 stakan suv solib yaxshilab aralashtiramiz.


4. Xamirimizni yong`oq kattaligida zuvalachalarga bo'lib chiqamiz.





5. Xar bir zuvalachani kaftimiz kattaligidan sal kattaroq yoki piyoladan sal kattaroq qilib yoyamiz.
va xar bir yoyilgan zuvalachani yarmiga 1 qoshiqdan qiyma solib, qiymani bir tekisda yoyamiz





6. Xamirni ikkinchi yarmi bilan usti qoplab bukiladi. Bukishdan oldin hamirni ikkinchi yarmini qiymaga sal tegizib olamiz(go'mma yaxshi bukilishi uchun va yog'da qovurilganda chetlari ochilib ketib seli oqib tushmasligi uchun)va o'ng tomonidan chap tomon yo`nalishiga qarab ichidagi ortiqcha havoni chiqarib yaxshilab yopishtiramiz

7. Chetlari naqshli bo'lsin desangiz maxsus keskich yordamida kesib hamirni uvol qilishga xojat yo'q. Buni qo'l bilan ham mana bunday qilsa bo'ladi.     .

8. Bukilgan go'mmalarni, o'rtacha olovda qizgan yog'ga solib birinchi tarafi qizarguncha qovuramiz.



9. Go'mmalarni aylantirib ikkinchi tarafiniyam qizarguncha qovuramiz.


 


10. Idishimizga solib, dasturhonga tortamiz. Yoqimli ishtaxa!!!




Kickina maslahat: Go'mmalarni dasturhonga tortish oldidan pishirib issig'ida tortgan yaxshi va ustiga ko`p qoymang! Dimiqib, chiroyini yo'qotadi. Go'mmalar issg'ida shirin va chiroyli ko`rinadi. Yoqimli ishtaxa!!!