Qadimiy turkiy afsona bor. Emishki, Olloh Arshi a’lodan Yerga tushibdi. Qarasa, kimsasiz orolda bir tola tuk yotgan emish. “Mayli,-debdi karami keng Xudo.-Shunga ham jon ato eta qolay”.
O’sha zahoti jonsiz tuk odam qiyofasiga kiribdi. Odam bunday qarasa,
Ollohning qudrati beqiyos emish: xohlasa jonlini bejon qiladi, xohlasa bejonga jon ato etadi. Odam o’ylab qopti. Nega Xudo xohlagan ishini qilishga qodir-u, men qilolmayman? Nimam kam undan?!
Ollohning qudrati beqiyos emish: xohlasa jonlini bejon qiladi, xohlasa bejonga jon ato etadi. Odam o’ylab qopti. Nega Xudo xohlagan ishini qilishga qodir-u, men qilolmayman? Nimam kam undan?!
… Shunday qilib, Odamning ko’nglida hasad degan qora niyat paydo bo’libdi.
Ollohning qahri kelib, farmon qilibdi:
“Odamzot mengaki hasad qildimi, bir-biriga omonlik bermaydi. Hasadgo’y do’zaxga kunda bo’lsin!”
O’sha-o’sha do’zax lang’illab yonarmish.
O'tkir Hoshimov - Daftar hoshiyasidagi bitiklar.

Комментариев нет:
Отправить комментарий